Saudiya Arabistoni
-
Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Saudiya Arabistoni podshohligi madaniyat vaziri Badir bin Abdulla bin Muhammad bin Farhan Al Saud oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
-
Arxeologlar Saudiya Arabistonining Nefud sahrosidagi qoyalarga oʻyib ishlangan hayvon tasvirlarini aniqladi. Bu topilma Arabiston yarim orolining shimolida insoniyat tarixi avval taxmin qilinganidan kamida 2000 yil qadimroq ekanini koʻrsatdi.
-
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh etakchisi Donalьd Tramp bilan oʻtkazgan muzokaralaridan soʻng Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan qoʻngʻiroqlashdi. Oʻzaro suhbatda Putin va Trampning Alyaskadagi kelishuvlari muhokama qilingan.
-
Saudiyadan Islom tsivilizatsiyasi markazida namoyish etish uchun 13 ta nodir va qimmatbaho eksponat olib kelindi. Eksponatlar 2025 yil sentyabridan 2026 yil mart oyigacha Oʻzbekistonda namoyish etiladi.
-
Jurnalist va siyosiy tahlilchi Sharmine Narvani "X" tarmogʻidagi shov-shuvli xabarda taъkidlashicha, islomning ikki muqaddas maskanining muhofizi sanalgan Saudiya Arabistoni falastinlik musulmonlarga qarshi qoʻllanilishi uchun isroilga qurol etkazib bermoqda. U musulmon xalqlarga murojaat qilib, "bu haqiqatni unutmasligi kerakligi"ni aytib oʻtgan.
-
Saudiya Arabistonida hukumatning zulm siyosati, sionistlarga tobeligi hamda axloqsizlikka yoʻl ochib berayotganiga qarshi “Erkin niqoblilar” harakati ommalashib bormoqda. Poytaxt Ar-Riyod va Makka shaharlarida boshlangan norozilik harakati valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon davrida tobora kuchaymoqda. Gap shundaki, yoshlar oʻz tanqidlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan videolari orqali ifodalashyapti. Tasvirlarda yuzlari niqoblangan yoshlar Saudiyada haqiqatni aytish jinoyatga aylangani, Saudlar rejimi faqat hukmdorni madh etuvchi, bosqinchi isroilni sevadigan hamda axloqsizlikka moyil odamlar uchun quchoq ochishini taъkidlashmoqda.
-
Oldinroq, Saudiya Arabistoni 2026 yildan boshlab mamlakatda 73 yildan beri amal qilayotgan alkogol taqiqlarini qisman bekor qilishga qaror qilgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Mahalliy nashrlar ushbu qaror faqat chet ellik sayyohlar uchun moʻljallangan tanlangan hududlarga taalluqli ekani haqida yozishdi.
-
Saudiya Arabistoni 2026 yildan ayrim turizm va diplomatik zonalarda spirtli ichimliklarni cheklangan tarzda sotishga va isteъmol qilishga ruxsat bermoqchi.
-
Odatda men birinchi boradigan joy bu Buyuk Britaniya edi. Oxirgi marta Saudiya Arabistonida boʻlganimda, arablar bizga 450 milliard dollar berishdi. Bu safar men ularga birinchi tashrifim Saudiyaga boʻlishini, biroq buning evaziga Amerika kompaniyalaridan 1 trillion dollarlik mahsulot sotib olishlari kerakligini aytdim. Ular bunga rozi boʻlishdi, degan Tramp.
-
Prezident Shavkat Mirziyoev Oʻzbekistonda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir Mirziyoevga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saudning Oʻzbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Kaъba yopinchigʻi kisvaning bir parchasini topshirgan.





















