Rossiya-Ukraina Urushi
-
Ukrainada halok boʻlgan Rossiya armiyasi safidagi 118 ming askar orasida 500 nafardan ortigʻi xorijlik. Ular orasida oʻzbek va tojiklar etakchi oʻrinda turibdi.
-
Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilgan 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi avvaliga Samara viloyatida giyohvand moddalar savdosida ayblanib qamalgani, keyin esa majburan urushga olib ketilganini aytdi. Sudlanuvchiga koʻra, 2022 yilda u jazoni oʻtayotgan jazoni ijro etish muassasasiga kelgan "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi aъzolari urushga borishni istamaganlarni yigʻilganlar koʻz oʻngida otib tashlashgan.
-
Istanbulda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Kiev va Moskva ogʻir kasal, yarador hamda 18 dan 25 yoshgacha boʻlgan asirlarni almashishga kelishib olishdi.
-
RF Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikinning aytishicha, Rossiya fuqaroligini olgan 20 mingdan ortiq oʻzbek, qirgʻiz va tojik yoshlari Ukrainaga qarshi urushish uchun oldingi saflarga tashlangan.
-
AQSh prezidenti Donald Trampning maъlum qilishicha,
-
Ukraina AQSh taklifi asosida Rossiya bilan 30 kunlik sulhga rozi boʻldi. Jiddadagi muzokaralar ortidan qabul qilingan bu qaror Kremlь tomonidan hali rasman maъqullanmagan. Rossiya hozir frontda ustunlikka ega ekanini hisobga olganda, Moskva sulhga rozi boʻlishi ehtimoli past. Shu bilan birga, AQSh va Ukraina kelishuvi Kievga harbiy yordamni qayta tiklash bilan hamohang kechmoqda. Kremlь muzokaralar boʻyicha oʻz shartlarini qoʻyishi kutilmoqda.
-
Ukraina AQShning 30 kunlik toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish taklifini qabul qildi. Oʻt ochishni toʻxtatish rejasi Rossiyaning roziligini talab qiladi hamda jang harakatlarini toʻliq toʻxtatishni, shu jumladan dron va raketa hujumlari hamda Qora dengizdagi harbiy faoliyatni toʻxtatishni oʻz ichiga oladi.
-
Zelenskiy Ukrainada tinchlik oʻrnatish uchun Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirish va mamlakat xavfsizligi kafolatlarini taъminlash kerakligini taъkidladi.
-
Ukraina avgust oyida bosib olingan Rossiya hududlarining 40 foizdan ortigʻini boy berdi. Rossiya Kiev yurishini toʻxtatish uchun Kursk viloyatiga 59 mingga yaqin askarini joylashtirgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin askari ham Rossiyani qoʻllab-quvvatlash uchun Kursk viloyatiga kelgan.
-
Ukaina yaqin vaqtlarda Rossiya hududining uzoq qismlariga ATAMS, SCALP/Storm Shadow kabi uzoq masofali raketalardan zarba berishi mumkin. AQSh, Britaniya va Frantsiya ulardan foydalanishga ruxsat berdi.





















