Ramazon
-
Ramazon oyining istalgan vaqtida duo qilish mumkin va Alloh taolo ularni qabul qiladi. Biroq bu oyda ham shunday paytlar borki, bu vaqtda ibodatlar bilan Yaratganga murojaat qilinganda duolar qabul boʻlish ehtimoli ancha ortadi.
-
Muborak Ramazon oyi Alloh taoloning nazdida yilning eng afzal oyidir. Bu oy musulmonlar uchun hasanotlarini, savoblarini koʻpaytirish mavsumidir. Ushbu oyning barcha imkoniyatlaridan foydalanib, koʻproq savob olish uchun qaysi amallarni qilgan afzal?
-
"Ey Robbim! Mana, osiy bandang eshigingda turibdi. Sendan uzoqlik uni baxtsiz qildi. Oʻrtadagi masofalar uning belini sindirdi. Ey Robbim! Bilaman, mendan boshqa bandalaring koʻp. Ammo mening Sendan boshqa Robbim yoʻq. Menga oriflar gʻalabasini ber. Meni tavba qiluvchilar safida qabul qil. Meni kechalari qoim boʻladigan bandalaring qatorida yoz. Meni roʻzadorlar safida qayta tiriltir!" Ramazon salomatlikni saqlash uchun parhez oyi emas. Bu bizning yoʻlimiz va dam olish bekatimizdir. Yoʻl mashaqqatlaridan toliqqanda yukimizni faqat Robbimiz huzuridagina elkadan qoʻyamiz. Biz Allohdanmiz, Alloh bilanmiz va Allohgamiz!
-
"Ramazon oyida gunohlaridan poklanib olmasa, qachon poklanadi axir?!" Bu xitob ayniqsa, umrining xazonrezgi mavsumida yashayotgan, hayot yoʻlining soʻnggi bekatlari koʻrinib qolganlar uchun taʻʻsirchan eslatma, ogohlantirishdir. Sizni bilmadimu, ammo men hadisdagi "boʻlmasa qachon axir?" savolichalik oʻyga toldiradigan, koʻngilga xavotir va iztirob soladigan boshqa savolni bilmayman...
-
Ramazon oyi butun dunyo musulmonlari uchun haqiqiy xazinadir. Shunday ekan, keling, botiniy dunyomizni oʻzgartirish va boshqalarni ijobiy ruhiyat ulashish imkoniyatini qoʻldan boy bermaylik.
-
Avstriyaning “Sotsial Avstriya kelajagi” (SÖZ) partiyasi Vena tumanlaridan birining koʻchalarini Ramazon munosabati bilan bezatishni taklif qilib chiqdi. Biroq ushbu taklif boshqa partiyalarga yoqmadi va siyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. 200 ming musulmon yashaydigan Venada Islom 560 ming kishi eʻʻtiqod qiladigan katolik dinidan keyingi ikkinchi yirik din hisoblanadi.
-
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi taroveh namozining hududlarda oʻqiladigan vaqtlarini eʻʻlon qildi. Namozlar 10 mart, yakshanba kuni xufton namozidan soʻng boshlanadi.
-
Saudiya Arabistoni hukumati sanitariya meʻʻyorlari sababli masjidlar ichida iftorlik oʻtkazish taqiqlanganidan soʻng Makka va Madina shaharlaridagi iftorliklar masjidlar tashqarisida oʻtkazilishi maʻʻlum qilindi. Shuningdek, imom va muazzinlarga Ramazon oyida iftorlik uyushtirish uchun moddiy ehson yigʻish cheklandi.
-
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Oʻzbekistonda Ramazon oyining birinchi kuni 11 mart sanasiga toʻgʻri kelishini maʻʻlum qildi. Turkiya davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni eʻʻtiborga olib bu haqda yakdil qarorga keldi.
-
BAA astronomlari 2024 yilgi Ramazon oyining taxminiy boshlanish sanasini hisoblab chiqdi.





















