noqonuniy migratsiya
-
Qator davlatlarda, xususan Rossiyada mehnat migrantlarini qurolli harakatlar uchun yollash holatlari koʻpaymoqda. Migratsiya agentligi xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini bu kabi mojarolarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka olib kelishidan ogohlantirdi.
-
Cenat qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni litsenziya asosida amalga oshirishga ruxsat beruvchi qonunni maъqulladi.
-
AQShning 22 shtatlari prezident Donalʻd Trampning lavozimga oʻtirishi bilan imzolagan ota yoki onasi noqonuniy muhojir boʻlgan bolalarga Amerika fuqaroligini berishni bekor qilish haqidagi farmoniga buyrugʻiga qarshi sudga shikoyat kiritdi. Kaliforniya bosh prokurori Trampning farmonini konstitutsiya va Amerika qadriyatlariga zid deb atadi.
-
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp mamlakatdagi tartibsiz muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish uchun milliy favqulodda holat eʻʻlon qilish va bunda harbiylardan foydalanilishini tasdiqladi.
-
Saudiya Arabistonida noqonuniy muhojirlarga qarshi reydlar boʻlib oʻtdi. 1569 kishi Saudiya Arabistoni chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga uringani, ulardan 24 foizi Yaman, 73 foizi Efiopiya va 3 foizi boshqa davlatlar fuqarolari ekani maʻʻlum qilindi.
-
Rossiya parlamenti noqonuniy migratsiya tashkil etish faoliyatini oʻta ogʻir jinoyatlar darajasiga koʻtarish hamda ushbu qilmishlar uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, rossiyalik bilan turmush qurgan chet elliklar uchun yashash guvohnomasini olish muddati 3 yilga uzaytirildi.
-
Ispaniyaning Afrikadagi qismi – Seuta anklaviga minglab muhojirlar noqonuniy kirish uchun tartibsizlik uyushtirdi. Marokash politsiyasi ularga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi, 150 dan ortiq kishi noqonuniy migratsiyaga chaqiriqlari uchun qoʻlga olindi.
-
Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda 630 mingga yaqin noqonuniy muhojir istiqomat qilishini maʻʻlum qildi. Ularning mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishlari uchun 2025 yilda nazorat qilinadigan shaxslarning maxsus reestri joriy etiladi. Qayd etilishicha, 2023 yilda RFda qonuniy ravishda boʻlgan mehnat muhojirlari soni 3,5 million kishidan oshmagan. Ularning aksariyati Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolaridir.
-
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya mamlakat aeroportlarida AQSh va Britaniyada boʻlgani kabi, chet elliklardan barmoq izlari olinishi rejalashtirilayotganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, u Turkiya immigratsiya siyosatiga kiritilayotgan oʻzgarishlar, xususan, yashash guvohnomasini olishdagi kutilayotgan oʻzgarishlar haqida ham maʻʻlumot berdi.
-
Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Karginov mehnat muhojirlarining noqonuniy yashash joylari haqida xabar bergan rossiyaliklarga 100 ming rublʻ miqdorida bonuslar toʻlashni taklif qildi. Deputat oʻz taklifini muhojirlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar tobora zoʻravonlikka aylanib borayotgani bilan izohladi. Ayni paytda mamlakatdagi mehnat muhojirlari soni oxirgi 10 yildagi eng past darajaga tushgan.





















