niqob
-
Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida yangi qonunga rioya qilinishini taъminlash kampaniyasi doirasida politsiya xodimlari tekshiruvlar oʻtkazdi. Qariyb 300 nafar muslima ayol niqobini echishga majburlanib, ularga ogʻzaki ogohlantirish berilgan. Oldinroq, mamlakatda ayollarning niqob bilan yurishini taqiqlovchi qonun qabul qilinib, 1-fevraldan boshlab taqiqni buzganlik uchun 20 ming som (taxminan 230 AQSh dollari) miqdorida jarima belgilangandi.
-
Italiyada oʻta oʻngchi «Liga» partiyasi jamoat joylarida yuzni berkituvchi libos qismi – niqob taqishni taqiqlash taklifini ilgari surdi. Ushbu taqiq buzilgan taqdirda 30 ming evrogacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi joriy etish taklif etilmoqda.
-
Vladimir viloyati Rossiyada birinchi boʻlib maktablarda hijob va niqobni butunlay taqiqladi. Ushbu qaror Rossiya “cherkov davlatdan, jumladan, taʻʻlim tizimidan ajratilgan dunyoviy davlat” ekanligi bilan bogʻliq ekani bahona qilindi.
-
Dogʻiston muftiyatida fatvolar boʻlimi qaytadan tashkil etilishi maʻʻlum qilindi. Ushbu boʻlim shariatga koʻra niqobni taqiqlash uchun asoslar topilmaganini eʻʻlon qilganidan soʻng "zamon talablariga mos kelmagani" uchun yopilgan edi.
-
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Moskva islom instituti rektori, ilohiyot fanlari doktori Damir Muxetdinov niqob RF tub musulmon xalqlari uchun tarixiy anʻʻanaviy libos ekanini taʻʻkidlab, Sovet Ittifoqidan oldingi davrda tatarlar va Shimoliy Kavkaz xalqlari orasida bu kiyim tarqalgani boʻyicha tarixiy dalillarni misol tariqasida keltirdi.
-
Qorachoy-Cherkas musulmonlari diniy boshqarmasi ham respublikada niqobni vaqtinchalik toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Respublika muftiysi, Shimoliy Kavkaz musulmonlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi raisi Ismoil Hoji Berdiev
-
Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-Hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni “vaqtinchalik” taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvosini tanqid qildi. “Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozdi u.
-
Dogʻiston muftiyatining fatvo boʻlimi niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqardi. Unga koʻra, taqiq respublika aholisi xavfsizligiga tahdidlar mavjudligi sabab qilib koʻrsatildi va mazkur xavf-xatarlar bartaraf etilib, “yangi fatvo” chiqquniga qadar amalda boʻladi. Avvalroq Dogʻiston muftiyati niqobni butunlay taqiqlash uchun etarlicha islomiy asoslar topa olmaganini eʻʻlon qilgan, biroq anʻʻanaviy liboslarni kiyishni “mahalliy darajada taqiqlash”ga ruxsat bergandi.
-
Dogʻiston rahbari Sergey Melikov “xavfsizlik nuqtai nazaridan” xotin-qizlarning yuzini berkituvchi kiyim, jumladan niqob taqishiga qarshi chiqdi. U burqani "Kavkaz xalqlariga xos boʻlmagan kiyim"ligini aytib, "erkaklar roʻmol ortiga yashirinishi, ayollar esa taqiqlangan narsalarni olib yurishi"ni qoʻshimcha qilgan.
-
Davlat Dumasi deputatlari yaqin orada yuzni berkituvchi kiyim, jumladan, niqobni taqiqlash borasidagi qonun loyihasiga ovoz berishadi. Deputatlarning fikricha, niqob taqish jamoat joylarida kuzatuv kameralaridan odamning yuzini aniqlashni qiyinlashtiradi.
- 01





















