mdh
-
Rossiya taъlim vaziri Sergey Kravtsov Davlat Dumasidagi majlisda soʻzga chiqib, MDH mamlakatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat borligini iddao qildi. Uning aytishicha, bunday yondashuv ayniqsa, sovet davriga toʻgʻri keladi. Shu bois taъlim vazirligi, MDH davlatlari bilan yagona tarixiy oʻtmishni talqin qilish boʻyicha yondashuvlarni kelishish ustida ishlamoqda.
-
Mudofaa vazirligi Chirchiq togʻ poligonida MDH davlatlari boʻyicha "Makarov" pistoleti va "Kalashnikov" avtomatidan oʻq otish boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtganini maʻʻlum qildi. Rossiya, Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etgan musobaqada oʻzbekistonlik harbiylar gʻolib deb topilgan.
-
FSB rahbari Aleksandr Bortnikov “Krokus Siti Xoll”da qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsadlardan biri MDH davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarga putur etkazish ekanini maʻʻlum qildi. Uning fikricha, ushbu teraktga buyurtma berganlar diniy va milliy omillardan foydalangan.
-
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Parlament assambleyasining siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida Assambleyaning Falastin davlatining Gʻazo sektoridagi vaziyat toʻgʻrisidagi bayonoti loyihasi koʻrib chiqildi. Unda Oʻzbekiston nuqtai nazari va takliflari ham inobatga olindi.
- 01















