marokash
-
Soʻnggi kunlarda Marokashning turli shaharlarida – Rabot, Kasablanka, Tanja, Marrakesh, Fas, Tetuan, Ujda, Agʻodir va boshqa hududlarda yirik norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Yoshlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan «Genz 212» harakati chaqiriqlari asosida koʻchalarga chiqishdi. Ular “Sogʻliq birinchi, Jahon chempionati kerak emas”, “Na sogʻliq, na taъlim – bu Allohga tavakkal qilgan Marokash” kabi shiorlarni koʻtarib, hukumatdan sogʻliqni saqlash va taъlim tizimini tubdan isloh qilishni talab qilishdi.
-
Reuters agentligining xabar berishicha, yoshlar uchinchi kundirki tibbiyot va taъlim sohasidagi korruptsiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish talabi bilan koʻchalarga chiqishmoqda. Aktsiyalar asosan Rabot, Kasablanka, Agadir, Tanjer va Ujda shaharlarida boʻlib oʻtmoqda.
-
Ispaniyaning Afrikadagi qismi – Seuta anklaviga minglab muhojirlar noqonuniy kirish uchun tartibsizlik uyushtirdi. Marokash politsiyasi ularga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi, 150 dan ortiq kishi noqonuniy migratsiyaga chaqiriqlari uchun qoʻlga olindi.
-
2018 yil 18 oktyabrda minglab namoyishchilar tahdidi tufayli faoliyatini toʻxtatgan Isroilning Marokashdagi diplomatik vakolatxonasi qaytadan ochilmoqda. Mahalliy faollar Telʻ-Avivning musulmon Hasan Kaib diplomatik vakil boʻlishi haqidagi qaroriga ishonchsizlik bilan qaramoqda.
- 01















