livan
-
Namoyish Sayda shahri yaqinidagi Bilol ibn Raboh masjidi hovlisida boʻlib oʻtdi.
-
“Hizbulloh” guruhi rahbari Naim Qosim isroil qoʻshinlari 18 fevralgacha Livan hududidan toʻliq chiqib ketishi kerakligini aytdi.
-
Soʻnggi etti hafta ichida 300 ming bola kuchayib borayotgan keskin vaziyatdan qochib, Livandan Suriyaga koʻchib oʻtdi, deya xabar bermoqda Save the Children tashkiloti. Aksariyat bolalar yolgʻiz, ota-onalari yoki oilalaridan ajralgan holda yoʻlga chiqqan boʻlib, yaqinlashib kelayotgan qish, zoʻravonlik, oziq-ovqat tanqisligi va kasallik xavfi ostida qolmoqdalar.
-
Qozogʻiston Istanbul va Dubay orqali Livandagi 40 dan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi. Amaliyot jangovar hududda qolgan Qozogʻiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan.
-
Xabarda aytilishicha, Hizbulloh harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil armiyasining Bayrutning janubiy hududlarida uyushtirgan havo hujumlari natijasida halok boʻlgan.
-
Isroil armiyasi oʻta aniq razvedka maʻʻlumotlari asosida Hizbullohning Livan poytaxti Beyrut shahrining Dahiya tumanidagi er ostida joylashgan harakat bosh qarorgohiga berilgan aviazarba natijasida Hasan Nasrulloh oʻldirilganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh manbalari uning halok boʻlmagani, biroq yaralanganini bildirdi.
-
Livan sogʻliqni saqlash vaziri mamlakatda ratsiyalar portlashidan 25 nafar, peyjerlar portlashidan esa 12 kishi, jami 37 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh esa halok boʻlganlarning 25 nafari oʻz aʻʻzolari ekanini bildirdi. Shuningdek, ushbu qurilmalarga Isroil avvaldan portlovchi modda va maxsus dasturiy taʻʻminot oʻrnatgani aniqlandi.
-
Bundan 42 yil oldin Livandagi falastinlik qochqinlar joylashgan Sabra va Shatila lagerlarida katta qirgʻin sodir etilgan edi. 1982 yil 16-18 sentyabrʻ kunlari livanlik nasroniy falangistlar sionistlar bilan hamkorlikda ushbu lagerlarda qatliom uyushtirdi, oqibatda 3500 ga yaqin falastinliklar – asosan ayollar, bolalar va keksalar vahshiyona oʻldirildi.
-
AQShlik geosiyosat boʻyicha ekspert, isteʻʻfodagi podpolkovnik Rich Outzen Livandagi peyjer va ratsiyalarning portlashi XXI asrda koʻlami boʻyicha barcha eʻʻtiborga olishi kerak boʻlgan yangi turdagi tahdid ekanini taʻʻkidladi. Outzen Isroil razvedkasi “Hizbulloh” bergan buyurtmalarni aniqlab, ishlab chiqarish markazi yoki buyurtma yoʻlda vaqtida uskunalarga portlovchi moddalar joylashtirganini taxmin qildi.
-
Livanda “Hizbulloh” harakati aʻʻzolari foydalangan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi. Portlashlar natijasida jami 9 kishi, jumladan bir bola halok boʻldi, 2800 kishi jarohatlandi, ulardan 200 nafarining ahvoli ogʻir. Tafsilotlar
- 01
- 02





















