Kursk viloyati
- 01
- 02
Ukraina qoʻshinlari 6 avgust kuni Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirganidan buyon 200 dan ortiq kishi bedarak yoʻqoldi. Ularning yaqinlari va tanishlari turli ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, “Lisa Alert” qidiruv guruhiga murojaat qilgan. Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyalari oʻtkazilishi belgilandi.
Ukrain qoʻshinlari Kursk viloyatida Rossiya harbiylari karvoniga hujum qildi. Eng kamida 15 ta harbiy texnika yoʻq qilingan, yuzlab qurbonlar boʻlishi mumkin.
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 20 ta aholi maskanini egallab, xandaq qazishni boshladi, Lipetsk viloyatida dron hujumidan keyin 4 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi, Qrimda mehmonxonalar yopildi.
Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatida uch kundan buyon janglar davom etmoqda. Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) oʻz hisobotida yozishicha, turli manbalarga koʻra, Ukraina qoʻshinlari allaqachon Kursk viloyatida Rossiya ichkarisiga qarab 10 kilometr siljigan boʻlishi mumkin.