Kosim Jomard Tokaev
-
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqaev Ostonada boʻlib oʻtayotgan Jahon va anъanaviy dinlar etakchilarining VIII qurultoyida nutq soʻzlab, kun sayin yadroviy mojaro ehtimoli oshib borayotganidan jiddiy xavotir bildirdi. U oʻz soʻzida Armageddon (oxirzamon urushi)ning oldini olish uchun diniy etakchilarni birlashishga va siyosiy arboblarga muhim qarorlarni juda chuqur oʻylab qabul qilishga chaqirgan.
-
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev davlat lavozimlariga tayinlovlar meritokratiya (shaxsning qobiliyati, bilimi va yutuqlariga qarab mavqe berish) tizimiga asoslanishini maъlum qildi.
-
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev amaldagi etti yillik prezidentlik muddati tugagach, 2029 yili prezident lavozimini tark etishini maъlum qildi. Uning taъkidlashicha, har qanday davlat prezidenti Xudoning erdagi soyasi emas, balki oddiy xalq xizmatkoridir.
-
Qozogʻistonda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi yangi qonun qozoq tilidagi axborotlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan. 2025 yildan boshlab qozoq tilidagi tele va radio dasturlar umumiy hajmining kamida 55 foizini, 2027 yildan esa 60 foizini tashkil qilishi kerak.
- 01















