Kolumbiya
-
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro gumanitar missiya bilan Gʻazoga yoʻl olgan "Global Sumud" flotiliyasidagi ikki kolumbiyalik ayolning hibsga olinishi ortidan mamlakatdan barcha isroillik diplomatlarni chiqarib yubordi.
-
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroning vizasi bekor qilindi. Qayd qilinishicha, Petro Nьyu-York shahrida "falastinparastlar namoyishida" nutq soʻzlab, AQSh harbiylarini prezident Donald Tramp buyruqlariga boʻysunmaslikka chaqirgan.
-
Kolumbiya hukumati Gʻazo sektorida Isroil hujumlaridan jabrlangan falastinlik bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishini maʻʻlum qildi. Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Elizabet Teylor Jeyning aytishicha, hukumat falastinlik bolalarni oilasi bilan reabilitatsiya qilish uchun mamlakatga olib oʻtadi. Bunda mamlakatda oʻnlab yillar davom etgan ichki mojarolar paytida tajriba orttirgan harbiy shifokorlar xizmatidan foydalanish moʻljallanmoqda.
-
Isroilning asosiy koʻmir etkazib beruvchisi hisoblangan Kolumbiya yahudiy davlatiga qarshi savdo boykotiga qoʻshilishga qaror qildi. Kolumbiyaning ushbu qarori Isroilga elektr energiyasi narxining koʻtarilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda, Rossiya, Isroilni Xalqaro sudga bergan Janubiy Afrika Respublikasi va Qozogʻiston Kolumbiya koʻmiri oʻrnini qoplashga rozilik bildirgan.
-
THY Venesuela, Meksika, Kolumbiya, Kuba va Braziliyaga bormoqchi boʻlgan yoʻlovchilarni qoʻshimcha shartlar toʻgʻrisida ogohlantirdi. Unga koʻra, pasport va viza boʻlgan taqdirda ham, bagajsiz, mehmonxona band qilmagan va qaytish chiptasi boʻlmagan hamda birinma marta xorijga chiqayotgan yoʻlovchilar samolyot bortlariga chiqarilmaydi.
- 01
















