Ishgʻolchilarning markaziy statistika byurosi hisobotiga koʻra, Misrning Isroilga eksporti oʻtgan yilga nisbatan ikki baravarga oshgan. Jumladan, may oyida Misrning Isroilga etkazib bergan mahsulotlari qiymati 25 mln dollarni tashkil etgan. Falastinliklarning qirgʻini davom etayotganiga qaramay, BAA va Iordaniyadan ham Isroilga eksport hajmi oshib, savdo qiymati mos ravishda 242 mln dollar va 35,7 mln dollarga etgan.