Hussitlar
-
Yamanning "Ansor Alloh" harakati siyosiy byurosi chorshanba kuni Parijda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad al-Shayboniy va bosqinchi isroil delegatsiyasi oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvni qattiq qoraladi.
-
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Husiylar guruhini terrorchi tashkilot sifatida tan olish haqidagi farmonni imzoladi. 2021 yilda Bayden maʻʻmuriyati Husiylarni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqargan edi. Ammo ularning Isroilga qarshi harakatlari tufayli guruh qaytadan "global terrorchi tashkilotlar" roʻyxatiga kiritildi.
-
Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi «Ansorulloh» harakati (husiylar) Yaman hukumati bilan mahbuslarni almashish boʻyicha keng qamrovli bitim tuzishga tayyorligini maʻʻlum qildi.
-
Saudiya Arabistoni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda qirollik Isroil Yamanning Hudayda shahriga bergan aviazarbalariga aloqador ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. “Qirollik hech kimning oʻz havo hududini buzishiga yoʻl qoʻymaydi”, - dedi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Turki Al-Maliki.
-
Husiylar Qizil dengizda Isroilga yoʻl olgan Gretsiyaning Transword Navigator savdo kemasiga hujum qildi. Hujum qarshilik harakatining Toofan boshqaruvchisiz kamikadze qayigʻi orqali amalga oshirilgan. Sionistlar bunday dronlar Yaman raketalariga qaraganda bir necha barobar xavfli ekanini taʻʻkidlayapti.
-
Husiylar Gretsiyaga tegishli rus koʻmiri ortilgan Tutor yuk kemasini Qizil dengizda choʻktirib yubordi. Bu haqda Buyuk Britaniya dengiz savdo idorasi maʻʻlum qildi. 82 ming tonnagacha yuk tashishga qodir kema Rossiyaning Ustʻ-Luga portidan (Leningrad viloyati) Iordaniyaga qarab suzayotgan boʻlgan.
-
Qizil dengizda husiylar tomonidan Isroilga aloqador kemalarga hujum qilgani va kemalar Yaxshi umid burni orqali Afrikani aylanib oʻtishni boshlaganidan keyingi toʻrt oy ichida (2023 yil dekabri oʻrtalaridan 2024 yil apreligacha) atmosferaga qoʻshimcha 13,6 mln tonna issiqxona gazlari chiqarilgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, agar inqiroz davom etsa, chiqindilar miqdori yiliga 41 mln tonnaga etishi mumkin.
-
Husiylar vakili Yaman, Rossiya, Xitoy va BRIKS mamlakatlari oʻrtasida doimiy hamkorlik va aloqalar rivojlanib borayotgani, turli sohalarda bilim va tajriba almashilayotganini maʻʻlum qildi. “Bu AQSh, Britaniya va Gʻarbni Qizil dengiz botqogʻiga botirish, ularni zaiflashtirish va bir qutblilikni saqlay olmasliklari uchun zarur”, - dedi u.
-
Husiylarning Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan inglizBritaniya kemalari Afrikani aylanib oʻtishga majbur boʻlayotgan sababli Britaniyada choy tanqisligi kuzatilmoqda. Bu tanqislik bir necha oy davom etishi mumkin.
-
Dunyoning yirik logistika kompaniyalari Qizil dengizdagi yuk tashish xavfsizligi bilan bogʻliq vaziyat AQSh husiylarga qarshi harbiy amaliyotlar boshlaganidan keyin faqat yomonlashganini taʻʻkidlamoqda.
- 01
- 02





















