Gazolis
-
AQSh prezidenti Donalьd Trampning aytishicha, AQSh Gʻazoni "sotib olish va egalik qilish" majburiyatini olgan.
-
Londonda Falastin tarafdorlari namoyishida Reychel ismli ayol Islomni qabul qilganini eʻʻlon qildi. Uning taʻʻkidlashicha, Gʻazo xalqining iymon-eʻʻtiqodi va sabr-toqati uni Islomni yanada chuqurroq oʻrganishga undagan va bu uning dinga kirishiga sabab boʻlgan.
-
Jinsiy tajovuz, xoʻrlash, qasddan ochlik, majburiy antisanitariya, uyqusizlik, diniy amallarga qarshi taqiq va jazo choralari, barcha shaxsiy buyumlarni musodara qilish va tegishli tibbiy yordam koʻrsatishdan bosh tortish – sobiq mahbuslar Isroil qamoqxonalaridagi sharoitlarni shunday tasvirlaydi.
-
Isroil AQSh va qator Evropa mamlakatlari koʻmagida 2023 yil 7 oktyabrdan beri Gʻazoda genotsid sodir etmoqda. Odamlar boshpana sifatida foydalanayotgan tibbiyot va taʻʻlim muassasalariga zarbalar berilmoqda, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda. Isroilning qatliomlari natijasida bir yil ichida 41 802 kishi, jumladan 17 mingdan ziyod bola va 11 378 ayol halok boʻldi. Isroil tomonidan Gʻazo sektorida sodir etilgan 11 ta qirgʻin.
-
The Guardian nashrining yozishicha, “bugun gʻarbliklar falastinliklarning misli koʻrilmagan chidamliligi, eʻʻtiqodi, axloqiy kuchi va xarakterini tushunish uchun Qurʻʻon oʻqimoqda”. Shu zaylda, minglab odamlar oʻzlari kashf etayotgan haqiqatni anglab, Qurʻʻonning oʻzgartiruvchi taʻʻsirini oʻz tanalarida his qilishmoqda. Bu koʻplarni Islomni qabul qilishga, boshqalarni esa unga yangi nuqtai nazar bilan qarashga undayapti.
-
YuNRVA Isroil harbiylarining falastinliklarga nisbatan qoʻllanayotgan qiynoqlar haqida maʻʻlum qildi. Oʻzboshimchalik bilan hibsga olingan gʻazoliklar yalangʻoch echintirilib, xoʻrlanmoqda, turli xil qiynoqlarga solinmoqda. Hibsga olinganlarning hojatga chiqishi ham taqiqlanmoqda.
-
Isroil falastinliklarni koʻchaga olib chiqish va ularni oson nishonga aylantirish uchun yigʻlayotgan ayollar va goʻdaklarning ovozlari yozuvlaridan foydalanmoqda. Ovoz qaerdan kelayotganini aniqlash va yordam berish uchun chiqqanlarni otib oʻldirmoqda. Shuningdek, tinch aholini qoʻrqitish va ruhiy azoblash maqsadida boshqa tovushlarni ham qoʻllamoqda.
-
Isroilning qamaldagi Gʻazo sektorida 6 oy davomida olib borgan hujumlari natijasida 33,7 mingdan ortiq falastinlik halok boʻldi, 76,3 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.
-
Isroil armiyasining Gʻazo sektori shimolida navbatda turgan gumanitar yordam olish uchun kutayotgan falastinliklarga bugungacha uyushtirgan zarbalari natijasida jami 560 kishi halok boʻldi, 1523 kishi tan jarohati oldi.
-
Gʻazoda samolyotdan tashlangan gumanitar yordam paketlari parashyutlari ochilmagani sababli bir oziq-ovqat kutayotgan bir qancha falastinlik halok boʻldi. Qurbonlar soniga aniqlik kiritilgani yoʻq.
- 01
- 02





















