BMT tadbirida, shuningdek Lyuksemburg, Malьta, Monako va Belgiya ham Falastin davlatini tan oldi. Kanada, Britaniya, Portugaliya va Avstraliya 2 kun oldin Falastinni tan olgandi.
Frantsiya sudi Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad va uning atrofidagi sobiq olti nafar yuqori martabali shaxsni hibsga olish uchun xalqaro order berdi.
Oʻzbek bankiri ozod qilingach, darhol shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy tekshiruvdan soʻng tanasida koʻplab koʻkarishlar va jismoniy shikastlanishlar borligi aniqlangan. Gap shundaki, 48 yoshli bankir Frantsiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gaz tsiklli elektr stantsiyasi qurilishida ishtirok etayotgan edi. U Parijga ayni shu loyiha doirasida frantsuz hamkorlari bilan uchrashish maqsadida borgan. “Anorbank” rasmiysi rostan ham shunday hodisa roʻy berganini tasdiqladi va Olimov ozodlikka chiqish uchun oʻz shaxsiy pullarini ishlatgani, bankka omonot qoʻygan mijozlarning puli ishlatilmaganini bildirdi.
Frantsiyaning tashqi siyosatdagi eъtibor markazlaridan biri Markaziy Osiyo boʻlib bormoqda va mintaqada eng muhim hamkor sifatida Oʻzbekiston eъtirof etilmoqda. Avvallari Parijning mintaqadagi taъsiri cheklangan edi, biroq hozir u Toshkent bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni jadal rivojlantirmoqda. Ushbu qiziqish tasodifiy emas.
Prezident Shavkat Mirziyoev Frantsiyaning oliy mukofoti - faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi.
Frantsiya senati sport tadbirlari vaqtida hijob kiyishni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini maъqulladi. "Ushbu qonun loyihasi siyosiy maqsadlarni koʻzlab ishlab chiqilgan: bu orqali dunyoviylikni himoya qilish bahonasida Islomga qarshi kurashiladi", degan bu haqda sotsialist Selvi Robert.
Frantsiya Chad poytaxti Enjeminadagi Adji Kossey bazasini Chad armiyasiga topshirib, bu davlatdagi harbiy ishtirokiga toʻliq chek qoʻydi.
Chad hukumati Frantsiya bilan uzoq yillardan beri amalda boʻlgan xavfsizlik va mudofaa sanoati sohalarida hamkorlik shartnomasini bekor qildi. Mamlakatda frantsuz harbiylari mudofaa kuchlari sifatida xizmat olib borar edi.
Frantsiya ichki ishlar vaziri Bruno Retayo maktab tadbirlari va sport musobaqalarida musulmonlar uchun hijobni taqiqlash tashabbusi bilan chiqdi. Uning fikricha, diniy, siyosiy yoki kasaba uyushmalari ramzlari barchani sport atrofida birlashtirishga xalal beradi.
Frantsiyada musulmon faol mamlakat hukumatini islomofobiyaga berilib ketganlikda ochiq tanqid qilgani uchun sudga tortildi. Ilʻyas D’Imzalen «Intifada» (Isroilga qarshilik) atamasini omma oldida ishlatgani va sionizmni tanqid qilgani uchun 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.