Bundan tashqari sionistlar juma ayyomida namozxonlarning Al-Aqso masjidida namoz oʻqishiga toʻsqinlik qilmoqda. Gʻarbiy Sohilda istiqomat qiluvchi bir qancha yosh yigitlarning masjidga kirishiga yoʻl qoʻyilmagan hamda bunga eъtiroz bildirganlar qamoqqa tashlangan.
Londonda hamshira oq xalatiga tarvuz shaklidagi nishon taqqani uchun muammoga yoʻliqdi. Tibbiyot muassasasida hamshirani "targʻibot ramzlarini nooʻrin taqqani" uchun ayblashdi. "isroil uchun advokatlar" huquqiy tashkiloti ham ingliz hamshirasining ustidan sudga arz qilib, bunday nishon taqishni antisemistik harakat deb atadi.
Liviya bosh muftiysi Shayx Sodiq al-Gʻiryoniy arab davlatlarining AQSh prezidenti Donalьd Trampga katta miqdorda pul berganini tanqid qildi. "Milliardlab pullar Trampga shunchaki berib yuborildi. Gʻazoda ochlikdan oʻlayotgan bolalarni qutqarish uchun bir chaqa ham sarflashni istashmadilar", degan muftiy.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqladi.
AQSh Vakillar palatasining Demokratik partiyadan aъzosi Rashida Tlaib Qoʻshma Shtatlarni genotsidga sheriklikda aybladi.
Gʻazoda yuzaga kelgan ogʻir gumanitar inqiroz ortidan BMTning Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi (UNRWA) va Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati xalqaro hamjamiyatni isroilga nisbatan qatъiy choralar koʻrishga chaqirmoqda. UNRWA maъlumotlariga koʻra, Gʻazodagi koʻplab oilalar kuniga atigi bir martalik ovqat bilan kun oʻtkazishga majbur. Ayrimlar isteъmol qilish xavfli boʻlgan narsalarni ham emoqda.
AQSh hukumati Gʻazoni qoʻllab-quvvatlagani uchun yana besh nafar talabaning vizalarini bekor qilgan. Garvard universiteti maъmuriyati bitiruvchi talabalarning vizani bekor qilish sabablari haqida hech qanday maъlumotga ega emasligini bildirgan.
18 mart kuni Isroil harbiy samolyotlari Gʻazoni shafqatsizlarcha bombardimon qilishni davom ettirdi – bir necha kun ichida 800 dan ortiq falastinlik halok boʻldi. Toʻqqiz kunlik hujumdan soʻng Bayt-Lahiya shahridagi namoyishchilar koʻchalarga chiqdi. Ular orasida "Genotsid yoʻqolsin" degan yozuvli plakatlarni koʻtarib olganlar bor edi, baъzilari esa falastinlik qurolli guruhlarga, xususan HAMASga ayblov bilan chiqdi. Bu Isroil uchun ayni muddao boʻldi. Falastinlik olim, yozuvchi Abduljavad Umar maqolasidan.
Misrda Falastin hukumati iltimosiga binoan favqulodda arab sammiti boʻlib oʻtdi. Sammit ishtirokchilari Misr tomonidan tayyorlangan Gʻazoni qayta qurish rejasi va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi.
Falastin qarshilik harakati tomonidan asirga olingan va keyinchalik ozod qilingan yahudiy Aleksandr Turbonov tutqunlikda boshidan oʻtkazganlari haqida hayratlanarli bayonot berdi. U falastinliklar bilan oʻtkazgan 498 kunlik qamal vaqtida oʻziga nisbatan koʻrsatilgan mehribonchiliklarni eъtirof etdi.