AQSh harbiylari tomonidan Eron yadroviy obъektlariga zarba berilgach, Nьyu-Yorkda AQSh rahbari Donalьd Trampga qarshi namoyishlar boshlandi.
Eron yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish uchun harakatni boshladi. Rasmiy Tehron bu haqdagi qarorini Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ga ham bildirgan. Bu orqali fors davlati yadroviy qurol ishlab chiqarish yoʻlidagi birinchi qadamini tashladi.
isroil rejimining Gʻazoda qoʻllayotgan mezonlarini inobatga olsak, bu erdagi barcha odamlar "tirik qalqon" va "qonuniy nishon" hisoblanadi.
Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu ikki davlatda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralariga qatъiy rioya qilishi soʻraldi.
AQSh Bagʻdoddagi elchixonasi xodimlari va ularning oila aъzolarini Eron bilan bogʻliq tahlikalar kuchaygani sababli evakuatsiya qilmoqda. Gʻarb nashrlarining yozishicha, isroil AQShni Eron yadroviy inshootlariga zarba berishga tayyorligi haqida rasman xabardor qilgan. Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi AQSh va Eron oʻrtasidagi yadroviy dastur boʻyicha muzokaralarning muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan bogʻliqligi aytilmoqda.
Eron hukumati itlarni koʻchada sayr qildirib yurish taqiqlangan shaharlar roʻyxatini kengaytirmoqda. Bunday taqiq allaqachon mamlakatning kamida 18 ta shahrida joriy etilgan.
Eron axborot va milliy xavfsizlik vaziri Ismoil Xatib mamlakat tarixidagi eng yirik maxfiy operatsiyalardan biri amalga oshirilganini maъlum qildi. Bu amaliyot natijasida isroil yadroviy dasturiga oid minglab maxfiy hujjatlar qoʻlga kiritilgan.
Rossiya Shahed-136 zarba beruvchi dronlari uchun toʻlov sifatida Eron kompaniyasiga umumiy qiymati taxminan 104 million dollar boʻlgan kamida 1,8 tonna oltin quymalari berdi.
Bosqinchi isroil harbiy va razvedka tuzilmalari agar Tehron–Vashington muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan boʻlsa, Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish uchun tayyorgarlik koʻryapti.
Tehronda Xitoy, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari temir yoʻl orqali yuk tashish tariflarini muvofiqlashtirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv Xitoydan Evropagacha boʻlgan yuk oqimini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq orqali oshirishga qaratilgan transport koridorini takomillashtirishga xizmat qiladi.