AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirilganidan soʻng oʻta oʻngchi onlayn hamjamiyatlarda zoʻravonlik va fuqarolar urushiga chaqiruvlar keskin koʻpaygani aytilmoqda. Ayrim Tramp tarafdorlari hatto "barcha demokratlar va demokrat boʻlishni oʻylaydiganlarni ham yoʻq qilib tashlash"ga chaqirmoqda.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi kampaniyasi vaqtida otib ketildi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Xavfsizlik kuchlari hujumchini otib tashlagan. AQSh prezidenti Jo Bayden va mamlakatning bir qancha sobiq yetakchilari siyosiy zo‘ravonlikni keskin qoralaydi va otishma sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan maxfiy xizmatlarga – voqea tafsilotlariga nisbatan ko‘plab savollar tug‘ildi.
Hakamlar hayʻʻati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni toʻlovlarni soxtalashtirish boʻyicha 34 ta bandda aybdor deb topdi. U toʻrt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tramp AQShning jinoyatda ayblangan ilk sobiq prezidenti boʻldi.
AQShning sobiq prezidenti va boʻlajak saylovlarda prezidentlikka ehtimoliy nomzod Donalʻd Tramp saylovchilar bilan uchrashuvda muhojirlarni bir necha bor “hayvonlar” deb atadi. Shuningdek, u Lotin Amerikasi davlatlarini oʻz jinoyatchilarini ataylab AQShga joʻnatayotganlikda aybladi.
AQShning sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jo Baydenni Falastinparast namoyishchilar bosimi ostida “Isroilni oʻz holiga tashlab qoʻyganlikda” ayblab, “demokratlar Isroil uchun juda yomon”, dedi. Shuningdek, u Isroil qoʻllayotgan urush usullari uchun tanqid qilinmasligi kerak deb hisoblaydi.
Amerikaning sobiq etakchisi Donalʻd Tramp prezidentlik davrida Rossiya bilan yaxshi munosabatda boʻlganini aytdi. Shuningdek, u mamlakat prezidenti boʻlganida, Ukrainadagi mojaro hech qachon roʻy bermasligini taʻʻkidladi.
AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp Ayova shtatida boʻlib oʻtgan Respublikachilar partiyasining praymeriz saylovlarida ishonchli gʻalaba qozondi. Respublikachilar partiyasidan yana bir nomzod - Vivek Ramasvami AQShning sobiq prezidenti Tramp foydasiga saylovda qatnashishdan bosh tortdi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donalʻd Tamp ayovalik saylovchilar bilan uchrashuvda agar lavozimga tayinlansa, dunyoda kuch bilan tinchlik oʻrnatishga vaʻʻda berdi. Tramp nomzodlar orasidan oʻzigina uchinchi jahon urushining oldini olishi mumkinligini ham taʻʻkidladi.
Kolorado ortidan Men shtati ham Trampning AQSh prezidentligi saylovidagi ishtirokini taqiqladi.
AQSh tarixida birinchi marta Konstitutsiyaning “gʻalayon va isyon” moddasi prezidentlikka nomzodning poygada qatnasha olmasligiga sabab sifatida qoʻllanildi.