Ozarbayjon 2024 yil 13 martda Evroparlamentda qabul qilingan “Evropa Ittifoqi va Armaniston oʻrtasidagi yaqin aloqalar hamda Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida tinchlik bitimi zarurligi toʻgʻrisida”gi rezolyutsiya asossiz va noxolis, ikki tomonlama standartning yaqqol namunasi deb atadi.
Ozarbayjon Armaniston tomonidan bosib olingan 4 ta qishloqni zudlik bilan qaytarishni talab qildi. Shuningdek, armanlar ishgʻoli ostidagi yana 4 ta qishloqni qaytarish masalasi demarkatsiya jarayonida hal qilinishi aytildi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Frantsiyani Armanistonga harbiy koʻmak koʻrsatish orqali mintaqadagi keskinlikni oshirishga hissa qoʻshishda aybladi.
Ozarbayjon oʻz hududlarida armanlar tomonidan joylashtirilgan minalar soni 1 milliondan oshib ketganini maʻʻlum qildi. 2020 yilda Qorabogʻdagi urush tugaganidan buyon 342 nafar Ozarbayjon fuqarosi mina portlashlaridan jabr koʻrgan, ulardan 65 nafari, jumladan, 3 nafar jurnalist halok boʻlgan.
Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Xojavanddagi maktabda portlovchi qurilma pistirmaga qoʻyib ketilgani aniqlandi.