Ettinchi darsimizda, eski uslubimizga tayanib, yana bir deistga yuzlanamiz: – Bu olamdagi har borliq bir ilohiy kitobdir va sahifalarida muallifining qator ism, sifatlarini aks ettiradi. Xohlasang, bir gulni shu tarzda oʻqib koʻraylik. Bu mutolaadan anglaginki, yaratguvchimiz mavjudotlarni kitob kabi yaratgan va aksar ismlarini bu asarlarda bildirgan.