Oʻzbekistonda oʻzini hayvonlarga oʻxshatib, ularning xatti-harakatlariga taqlid qiluvchi kvadroberlarga qarshi kurash boshlandi. IIV bunday qiliqlarni qilgan bolalarning ota-onalari javobgarlikka tortilishidan ogohlantirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu submadaniyat ishqibozlari Oʻzbekistonda ham paydo boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Oʻzbekiston hukumati “Umra” faoliyatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha talablarni kuchaytarishga qaratilgan qarorni qabul qildi. Unga koʻra, ushbu faoliyatni olib boruvchi tadbirkorlarga voyaga etmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik, 1 mln AQSh dollari miqdordagi mablagʻni “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish hamda oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar qoʻyildi.
Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi Oʻzbekistonda elektropoezdlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Transport vazirligida bu borada muzokaralar boʻlib oʻtdi. Avvalroq Koreya kompaniyasi bilan «Toshkent-Xiva» tezyurar yoʻnalishi boʻyicha oltita poezd etkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgan edi.
Oʻzbekiston prezidentining BMT Bosh assambleyasida bergan vaʻʻdasiga muvofiq, 15-16 oktyabrʻ kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkaziladi. Unda dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etishi kutilmoqda.
Turkmaniston poytaxti Ashxobot shahrida Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Eron, Pokiston, Moʻgʻuliston, Armaniston prezidentlari ishtirokida turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan "Zamon va tsivilizatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi - tinchlik va taraqqiyot asosi" mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtdi. Unda, jumladan, Oʻzbekiston prezidenti nutq soʻzladi.
Jahon banki Toshkentda havodagi mayda zarrali changlar taʻʻsirida yiliga 3042 kishi bevaqt vafot etayotgani, aholi salomatligiga etkazilayotgan zarar esa 488,4 mln dollarga baholanayotganini maʻʻlum qildi. Eng asosiy ifloslantiruvchilar – isitish tizimlari, qurilish, transport va sanoat.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul Gʻaffor Teraviyni qabul qildi. Uchrashuvda, jumladan, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni roʻyobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida ikki kunlik Turkiy davlatlar sunʻʻiy intellekt forumi ish boshladi. Tadbir davomida sunʻʻiy intellektdan foydalanishning axloqiy va huquqiy jihatlari, shuningdek, sunʻʻiy intellekt loyihalari va startaplariga sarmoya jalb etishni muhokama qilish koʻzda tutilgan.
Turkiya hukumati jamoaviy videochatlar uyushtirishga moʻljallangan Discord platformasini jinoyatlarga aloqadorligi sababli taqiqlashga qaror qildi. Ushbu platformada yoshlar tomonidan bolalar va ayollarga nisbatan kuch ishlatish, tazyiq oʻtkazish va jinsiy zoʻrlashni olqishlash va qoʻllab-quvvatlash holatlari aniqlangan.
Qozogʻiston hukumati AES qurilishida beshtagacha davlat kompaniyalarini oʻz ichiga olgan konsortsium tuzilishini maʻʻlum qildi. AES loyihasini ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan siyosiy xavflar ham koʻrib chiqiladi.