AQShning Pensilʻvaniya shtatidagi kasalxonalardan birida Turkiya 2016 yil iyuldagi davlat toʻntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelayotgan FETO etakchisi, voiz Fathulloh Gyulen 83 yoshida vafot etdi. Anqara bir necha bor oʻzining NATOdagi ittifoqchisi AQShdan Gyulen ekstraditsiyasini talab qilgandi.
Oxirgi uch yil ichida Litvaga kelayotgan markaziy osiyolik muhojirlar soni 14 barobar oshdi. Litva Davlat xavfsizlik departamenti rahbari Daryus Yaunishkis hozircha jiddiy xavotirlar uchun asoslar yoʻqligi, biroq Gʻarbga qarshi kayfiyat kuchayotganini taʻʻkidladi.
Fargʻona viloyatidagi maktablardan birining 11-sinfida tahsil oluvchi qiz Microsoft kompaniyasining yoshlarga moʻljallangan Microsoft Learn Student dasturi ambassadori – ramziy elchisi boʻldi. U kompaniya tomonidan bir yil davomida berilgan texnik vazifa va shartlarni, jumladan, sunʻʻiy intellekt boʻyicha 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlarni bajardi.
Rossiya 17 oktyabrdan boshlab Qozogʻistondan bugʻdoy, yasmiq, pomidor, qalampir va poliz mahsulotlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi. Rosselxoznadzor mazkur qaror “Qozogʻiston vakolatli idoralari tomonidan Rossiya hududining fitosanitar xavfsizligini taʻʻminlash choralari koʻrilmagani sababli” qabul qilinganini bildirdi.
Toshkentda boʻlib oʻtgan biznes-forumda Quvayt kompaniyalariga Oʻzbekistondagi mingdan ortiq davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturida ishtirok etish, shuningdek, Oʻzbekiston logistika infratuzilmasini rivojlantirishda qatnashish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif qilindi. Konchilik, energetika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Astana Think Thank Forum yigʻilishida Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qilishi, mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini taʻʻkidladi.
Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatida 10 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan Jac mikroavtobusi chegaradan oʻtish uchun navbatda turgan yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda 6 kishi, jumladan , 2 bola halok boʻldi, 4 yoʻlovchi shifoxonaga yotqizildi. Ularning barchasi Xorazm viloyatidan boʻlgan.
Rossiya fuqaroligini olish uchun Ukrainadagi urushda qatnashgan va yaralanib, Oʻzbekistonga qaytgan samarqandlik 56 yoshli erkak uch yilga qamaldi. Uning telefonidan RF harbiy guvohnomasi, jarohatlangani haqidagi maʻʻlumotnoma va Rossiya pasporti rasmlari chiqqan.
16 oktyabrʻ kuni Oʻzbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputatlar saylovi boʻyicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.