Fargʻonada 130 yoshli Huvaydo momo Umarovaning tugʻilganlik fakti belgilandi. Adliya vazirligining maъlum qilishicha,
Xitoy hukumati Urumchida Sharqiy Turkistonni boshqarish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Unda Ijtimoiy fanlar akademiyasining yangi boʻlimi ochilishi ham maъlum qilingan. Rasmiylarga koʻra, yangi boʻlim hududni "samarali boshqarish" uchun tashkil etilgan.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxanov Oʻzbekiston Afgʻonistonga harbiy vertolyotni qaytarishga rozi boʻlganiga oid xabarni rad etdi.
Bugun Toshkentda oʻtayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” ikkinchi xalqaro forumida Adliya vazirligi NNT boshqarmasi boshligʻi Zikirilla Mahmudov diniy tashkilotlar faoliyatiga xalal bergan har kimsaning jazolanishini, bu borada Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga javobgarlik kiritilganini taъkidladi.
Shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy etib belgilanmoqda. Bunda agar rozilik shaxs muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, shaxs vafot etgan taqdirda, agar u hayotligi chogʻida rozilik bermagan boʻlsa, uning vorislari tomonidan beriladi.
Ikkinchi sud majlisida qatnashgan guvohlar ham qoʻyilayotgan ayblovlar uchun etarlicha dalil keltira olishmagan. Dastlabki maъlumotlarga koʻra, shu bois ham Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar sirasidan "millatlararo nizo qoʻzgʻatish" ayblovi olib tashlangan. Oʻz navbatida guvohlardan birining daъvosi ham bekor qilingan.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqaev xalqqa murojaatida mamlakat parlamenti isloh qilinishini maъlum qildi.
2024 yilda oliy taъlim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan boʻlsa, 2025 yilning 6 oyi davomida 102 ta oliy taъlim muassasasining 307 nafar talabasi jinoyatga qoʻl urgan. Ushbu jinoyatlarning aksariyati yoʻl-transport hodisalari, oʻgʻrilik, tan jarohati etkazish, bezorilik va firibgarlik bilan bogʻliq.
RF tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Ozarbayjon havo yoʻllariga tegishli samolyot uchun sugʻurta kompaniyasi 1 milliard 3 million rublь miqdorida toʻlovni amalga oshirgan. Shuningdek, halokatda jabrlangan va hayotdan koʻz yumgan yoʻlovchilarning yaqinlariga 358,4 million rublь (qariyb 4,4 million dollar) miqdorda pul berilgan.
2025 yilda test imtihonini topshirgan abiturientlarning 253 ming 844 nafari yaъni 41,29 foizi 56,7 ballni ham toʻplay olmagan. Bu shuncha abiturient maksimal ballning 30 foizini ham ololmadi, degani. 56,7 dan koʻproq ball toʻplaganlar soni 360 ming 924 nafar — jami abiturientlarning 58,71 foizini tashkil qiladi.