Iroq shimolida Turkiya harbiy bazasiga hujum uyushtirgan Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari 5 nafar turk askarini halok qildi, 8 nafarini yaraladi. Shuningdek, 12 jangari zararsizlantirilgan. Turkiya bunga javoban PKK obʻʻektlari, jumladan, neftʻ inshootlari, boshpana va gʻorlarni bombaladi.
Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy Ayasofya jomeʻʻ masjidiga kirish 15 yanvardan chet ellik sayyohlar uchun pulli boʻldi. Madaniyat va turizm vazirligi kirish toʻlovini kishi boshiga 25 evro etib belgiladi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan va Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, OK.RU, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar roʻyxatini yangiladi. Roʻyxatda taqiqlangan kitob va nashidalar ham oʻrin olgan.
Frantsiya TIV Ozarbayjondan Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlarda razvedka faoliyatini olib borgani uchun qoʻlga olingan “agenti”ni qoʻyib yuborishni talab qildi.
Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan Mubashshir Ahmadga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilayotgani maʻʻlum qilindi.
“Turk havo yoʻllari” 2023 yilda 83,4 mln yoʻlovchi tashib, barcha davrlarning eng yuqori yoʻlovchi soniga erishdi.
Turkiya Isroil bilan savdo aloqalari asosan ishgʻol ostidagi Falastin hududlari va Isroil fuqarolari hisoblangan falastinliklar bilan amalga oshirilayotganini maʻʻlum qildi.
AQSh ham Markaziy Osiyo davlatlari suverenitetini dastaklash bahonasida yana katta oʻyinga qoʻshildi. Ammo bu oʻyinda hozircha Moskva va Pekinning qoʻli baland. Markaziy Osiyo amalda boshi berk koʻchaga kirib qolgan.
2023 yilda Turkiya tashqi savdoda 822 mlrd liralik hisob-kitoblarni milliy valyutasida amalga oshirdi.
Qozogʻistonda Rossiyaning bir qator telekanallari efiri toʻxtatildi. Ular oʻrnini, jumladan, mahalliy telekanallar egallaydi.