Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Amirligiga tashrif buyurib, Tolibon rahbariyati bilan koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda oʻzaro savdo aylanmasini 2024 yilda 1 mlrd dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 mlrd dollarga etkazish, Afgʻonistonda Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish, afgʻon tadbirkorlarining Oʻzbekistonda faol ishlashini taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.