"Oʻzbek birodarlarimizning qoʻllovi biz uchun juda muhim. Qorabogʻni tiklash yoʻlidagi ilk sovgʻani Oʻzbekiston bergan. Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Fuzuliyda 960 oʻquvchiga moslashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi maktab ochgandik", degan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Xonkendida oʻtkazilgan mediaforumda.