Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150 assambleyasida nutq soʻzlagan Prezident Shavkat Mirziyoev Ukraina, Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi vaziyatlarga eъtibor qaratdi.

Davlat rahbari Ukraina atrofidagi muzokaralardan ijobiy natija kutilayotganini taъkidlab, Falastin-Isroil mojarosining “ikki xalq – ikki davlat” tamoyiliga asoslangan adolatli echim bilan hal etilishi lozimligini qayd etdi.

Prezident Afgʻoniston masalasiga toʻxtalar ekan, Mirziyoev bu davlat xalqaro maydonda yakka holatda qolmasligi, unga mintaqaning ajralmas qismi sifatida qaralishi zarurligini taъkidladi. “Biz Afgʻoniston bilan konstruktiv muloqotni davom ettirish tarafdorimiz. Bu jarayonda parlamentlarning ham roli muhim”, dedi u.

Nutq davomida Mirziyoev oxirgi oʻttiz yilda dunyo yalpi ichki mahsuloti 4,5 barobarga oshgan boʻlsa-da, kambagʻallik darajasi deyarli oʻzgarmaganini taъkidlab, 2030 yilga borib 575 million kishi qashshoqlikda, 84 million bola esa taъlimsiz qolish xavfi borligini qayd etdi. “Tengsizlikka qarshi kurashish hammamizning umumiy vazifamizdir”, deya taъkidladi prezident.

Mavzuga aloqador