Prezident Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan, prezident administratsiyasi tuzilmasida administratsiya rahbari lavozimi tashkil qilindi. 

Shuningdek, administratsiya rahbari lavozimiga prezidentning qizi va yordamchisi Saida Mirziyoeva tayinlandi. U 2023 yil 25 avgustidan buyon davlat rahbarining yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Prezident administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov esa  Saida Mirziyoevaning mustaqil maslahatchisi lavozimini egalladi.  U Mirziyoevaga investitsiya, soʻz erkinligi va mustaqil OAVni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat beradi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil avgust oyida Shavkat Mirziyoev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqlagandi. Unga koʻra, prezident administratsiyasi rahbari lavozimi bekor qilinib, 2 ta yangi prezident yordamchisi lavozimi joriy etilgan.

Shu munosabat bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgandi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga aloqador