Qirgʻizistonlik deputat ayol politsiyachilarga roʻmol oʻrashga ruxsat berishni taklif qildi
Qirgʻiziston parlamenti deputati Altinbek Qilichbaev konstitutsiyaviy eʻʻtiqod erkinligi huquqini nazarda tutib, ayol politsiyachilarga qalpoq ostidan roʻmol oʻrashga ruxsat berishni taklif qildi. IIV vakili ushbu taklifga qarshi chiqdi.
Deputat Altinbek Qilichbaev konstitutsiyaviy eʻʻtiqod erkinligi huquqini nazarda tutib, ayol politsiyachilarga qalpoq ostidan roʻmol oʻrashga ruxsat berishni taklif qildi.
Ichki ishlar vazirligi rahbarining birinchi oʻrinbosari Adilbek Biibosunov huquq-tartibot idoralari xodimlari tasdiqlangan kiyinish qoidalariga rioya qilishlari shart, deya javob berdi.
Bu masala parlamentda din erkinligi va diniy sohaga oid qonunlarni muhokama qilish doirasida muhokama qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining Bishkekda ochilgan yangi binosida namozxona tashkil etilgani haqida yozgan edik.
https://azon.global/2527













