Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qirgʻiziston militsiyasi koʻcha-koʻylarda niqob kiygan ayollar bilan profilaktik suhbat olib borayotgani aks etgan videolar tarqalgandi. Ushbu videolavha internet foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi.

Mazkur holatga munosabat bildirgan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bunday reydlarning hukumat siyosatiga aloqasi yoʻqligini taъkidladi. 

“Yaqinda mamlakatimizda diniy sohani tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. Unga muvofiq, din bilan bogʻliq barcha masalalar Muftiyat va Ulamolar Kengashi vakolatiga oʻtkazildi. Hukumat diniy ishlarga aralashmaydi va aralasha olmaydi”, degan Japarov rasmiy bayonotida.

Unga koʻra, yuzni toʻliq yopadigan niqob kabi kiyimlarga qarshi kurash davlat siyosati emas, balki Muftiyat tomonidan belgilangan ichki tartibot hisoblanadi. Davlat organlari esa mazkur qonun talablarining ijrosini taъminlashda yordam berishga majbur.

Rasmiy maъlumotlarga koʻra, yangi qonun qoidalariga rioya qilmaganlarga 20 ming som miqdorida jarima solinishi belgilangan.

Mavzuga aloqador