4 mart, dushanba kuni Qirgʻizistonda 6, Qozogʻistonda 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Qurbonlar, vayronagarchiliklar va jarohatlar haqida hozircha maʻʻlumotlar yoʻq.
Qibrayda Komil Allamjonovning avtomashinasi oʻqqa tutilishi ortidagi mojarolar hamon tingani yoʻq. Vaziyatga hatto Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning shaxsan oʻzi aralashdi. U mazkur suiqasdni uyushtirishda "qoʻli yoʻqligi", mabodo aralashadigan boʻlsa "ishni oxirigacha etkazishi va 100% natijaga erishishi"ni ham qoʻshimcha qildi. Oxirgi paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "xizmatkorlari" Oʻzbekistonning ichki ishlariga tap tortmasdan aralashayotgani bizni xavotirga solishi kerak emasmi? Ularni tiyib qoʻyadigan payt kelmadimikin?