Oʻzbekistonda Qurʻʻondan dars bergani uchun qamalib chiqqan ayol Turkiyada qoʻlga olindi
Avvalroq, Oʻzbekistonda bolalarga Qurʻʻondan dars bergani uchun turmush oʻrtogʻi bilan birga qamalib chiqqan Hanifa Mirgʻanieva Turkiyadan boshpana topgan edi. Afsuski, bu ayol 30 dekabrʻ kuni ushbu mamlakatdagi yashash joyida oʻtkazilgan reyd paytida yana qoʻlga olindi.
Prokuratura Mirgʻanieva tomonidan sodir etilgan biror bir qonunbuzarlik holatini topolmagach, uni qoʻyib yubordi. Shunga qaramay Oʻzbekiston fuqarosi 15 kundan beri Chataljadagi muhojirlarni ushlab turish markazida saqlanmoqda.
Bir necha yillardan beri Turkiyada yashayotgan, 7 nafar farzandning onasi boʻlgan Mirgʻanieva qon bosimi, qandli diabet va boshqa kasalliklardan aziyat chekadi. Uning qamoqxonada oʻtkazgan ogʻir hayoti bolalarga diniy taʻʻlim berishdek ulkan masʻʻuliyatni oʻz zimmasiga olgan muslimaning salomatligiga ham taʻʻsir etmay qolmagan. Biroq uning boshqa koʻplab dindorlar singari xorijda ham xotirjam yashay olmayotgani achinarli holatdir.













