Oʻzbekiston Rossiya harbiy texnikasidan voz kechib Xitoyga yuzlanyaptimi?
Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlari bazasidagi eskirgan Su-27 va MiG-29 samolyotlari oʻrniga Xitoydan uchoqlar sotib olmoqchi.
Military Watch Magazine nashrining yozishicha, Pekin Oʻzbekistonga yangi qiruvchi samolyotlar etkazib berishga rozilik bildirgan.
Kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston JF-17 Block III, J-10C yoki hatto beshinchi avlod J-35 rusumlaridan birini yoki bir nechtasini xarid qilishi mumkin.
Tahlilchilar, hukumat bosqichma-bosqich Rossiya harbiy texnikasidan voz kechib, Xitoy texnologiyalariga oʻtishga intilayotganini taъkidlamoqda.
Maъlumot uchun, Oʻzbekiston avvalroq ham Sovet davridan qolgan mudofaa tizimlarini Xitoyning HQ-9B, FM-90 va KS-1C tizimlariga almashtirgan edi.













