Oʻzbekiston 2025 yildan rasman BRIKS boʻyicha hamkor davlatga aylanadi
2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston va Qozogʻiston BRIKS tashkiloti bilan hamkorlik maqomini rasman qoʻlga kiritadi. Bu ushbu mamlakatlarga BRIKS tadbirlarida va tashkilotning turli faoliyatlarida hamkor davlat sifatida ishtirok etish imkonini beradi.
2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston BRIKS tashkiloti bilan hamkorlik maqomini rasman qoʻlga kiritadi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, Qozonda boʻlib oʻtgan sammit doirasida 35 davlat BRIKS faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan. Shuningdek, 13 davlatga hamkorlik maqomi berish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Yuriy Ushakov taʻʻkidlaganidek, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozogʻiston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va Oʻzbekiston BRIKS boʻyicha hamkor davlat maqomini qabul qilishga tayyorligini maʻʻlum qilgan.
2025 yildan boshlab Oʻzbekiston BRIKS tadbirlarida va tashkilotning turli faoliyatlarida hamkor davlat sifatida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.













