Netanyaxuning BMTdagi nutqini «boykot» qilganlar orasida Oʻzbekiston ham bor
Oldinroq, bosqinchi isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi pytid koʻplab mamlakat etakchilari ommaviy ravishda zalni tark etgani haqida xabar bergandik. Bosh vazirning nutqida ishtirok etmagan delegatsiyalar orasida Oʻzbekiston ham bor. Bu haqda Ynet nashri xabar berdi.
Nashrning Isroil rasmiylariga tayanib yozishicha, 77 ta delegatsiya zalni nutq boshlanishidan oldin tark etgan yoki umuman qatnashmagan.
Ular orasida Misr, Iordaniya, Livan va Suriya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron kabi davlatlar ham bor. Ammo BAA vakillari boshqalar qatori zalni tark etishga shoshilmagan va Netanyaxuning nutqini tinglagan. Isroil rasmiylari buni har ikki davlat Tel-Aviv bilan rasman diplomatik munosabatlarga egaligi bilan izohlagan.
Koʻplab davlat etakchilari Isroilning yakkalanib qolishini ijobiy qabul qilgan va Isroil vakillari Gʻazodagi qotilliklar uchun xun toʻlashi kerakligini taъkidlagan.













