Mirziyoev Tszinьpin bilan muzokara oʻtkazdi
2 sentyabrь kuni Pekin shahrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Tszinьpinning rasmiy delegatsiyalar aъzolari ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida Mirziyoev Xitoy etakchisi va Xitoy xalqini gʻalabaning 80 yilligi hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabriklagan.
Oʻzbekiston prezidenti XXR raisi Si Tszinьpinning global boshqaruv boʻyicha tashabbusi oʻz vaqtida ilgari surilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini yana bir bor taъkidlagan.
«Yagona Xitoy» siyosatini qoʻllab-quvvatlash hamda «uch yovuz kuch» — terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish masalalarida Oʻzbekistonning pozitsiyasi oʻzgarmas ekani tasdiqlandi, deyiladi xabarda.
Innovatsion loyihalarni ilgari surish va mutaxassislar tayyorlash uchun Oʻzbekiston — Xitoy sunъiy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilingan.
«Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston» strategik temir yoʻli qurilishining amaliy bosqichi boshlangani qayd etildi.
Bundan tashqari, 2025 yilda Oʻzbekistonda ikkinchi Taъlim forumi oʻtkaziladi. Xitoy tilini oʻrganishni kengaytirish va oʻzbekistonlik yoshlarni oʻqitish uchun kvotalarni koʻpaytirish, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantirish qoʻllab-quvvatlandi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston etakchisi Xitoy rahbarini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.













