Islom tsivilizatsiyasi markazi devoriga miniatyuralar chiziladi
Islom tsivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatyura chiziladi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati. Qayd etilishicha, miniatyuralar Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyalarining “Tsivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”dan oʻrin oladi. Devor boʻylab jami 16-18 ta miniatyura oʻrin olib, qoʻsh sahifalarni hisoblaganda 21 ta miniatyurani tashkil etadi. Ayni paytda miniatyuralardan iborat devor eskizi yaratilgan. Unda Hirot Buxoro, Samarqand va hind miniatyura maktablari asosida ishlangan miniatyuralar saralab olingan. Devoriy suratlarni chizishda 100 ga yaqin rassom ishtirok etmoqda.













