Oʻzbekistonda noqulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega hududlarda ishlovchi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish stajiga asosan ustama toʻlanadi. Bu tartib Hukumat qarori bilan tasdiqlangan maxsus nizomda belgilandi.

Nizom Navoiy viloyatining Uchquduq, Zarafshon, Samarqand viloyatining Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlarini qamrab oladi, deyiladi Gazeta.uz xabarida.

Shu hududlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ish stajiga koʻra quyidagi miqdorda ustamalar belgilangan:

3 yilgacha ish stajiga ega hodim lavozim maoshining 0,25 foizi, 3 dan 5 yilgacha ish stajiga ega hodim 0,5 foizi, 5 yildan ortiq stajga ega mutahassis esa 0,75 foizi miqdorida ustama puli oladi.

Ushbu ustama nafaqat byudjet tashkilotlarida, balki avval Navoiy kon-metallurgiya kombinati, «Navoiyuran» va ularning jamgʻarmalari tizimida ishlab, keyin Maktabgacha va maktab taъlimi vazirligi tizimiga oʻtgan xodimlarga ham tegishli boʻladi.

Mavzuga aloqador