Fuqarolarning xavfsiz deportatsiyasi uchun AQSh bilan hamkorlik qilinmoqda – Oʻzbekiston TIV

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShdan turli davlatlarga deportatsiya qilinayotgan fuqarolar xavfsizligini taъminlash uchun Amerika bilan hamkorlik qilinayotganini bildirdi. Jumladan, Amerika tomoniga Kosta Rika va Panamaga yuborilayotgan oʻzbekistonliklar haqida maъlumot soʻrab murojaat qilingan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShda noqonuniy boʻlib turgan fuqarolarni vatanga xavfsiz deportatsiya qilishda Amerika tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, deya maъlum qildi TIV matbuot kotibi Axror Burxanov.

Uning taъkidlashicha, ikki tomonlama kelishuvlarga asosan, AQSh deportatsiya qilinadigan oʻzbekistonliklarning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. Fuqarolar esa, oʻrnatilgan amaliyotga muvofiq, vatanga Nьyu York-Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi.

TIV, shuningdek, soʻnggi kunlarda OAVda eъlon qilingan Oʻzbekiston fuqarolarining AQShdan Lotin Amerikasi davlatlariga, xususan, Panama va Kosta Rikaga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomoniga oʻzbekistonliklarning boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida maъlumot berishni soʻrab murojaat qildi, deb yozdi Burxanov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan ham diplomatik kanallar orqali aloqalar oʻrnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, 20 fevralь kuni AQSh chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan 200 nafar muhojir (Markaziy Osiyo va Hindiston fuqarolari) Kosta Rikaga joʻnatilgandi. Kosta Rika hukumati jarayon toʻliq AQSh hukumati tomonidan moliyalashtirilishi va BMT huzuridagi Xalqaro migratsiya tashkiloti nazorati ostida amalga oshirilishini maъlum qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda AQSh noqonuniy muhojirlarni qoʻl-oyoqlarini kishanlagan holda samolyotlarga chiqarayotgani aks etgan videolar tarqalgandi.

Mavzuga aloqador