100 nafar falastinlik Rafahdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Yuz nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar oʻz hamrohlari bilan birga Oʻzbekistonga vaqtincha evakuvatsiya qilindi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.
100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga Oʻzbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.
Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Qilichevning taʻʻkidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi, deya qoʻshimcha qildi Qilichev.
Shuningdek, Oʻzbekiston hukumati ularga mamlakatda boʻlish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan taʻʻminlaydi.
Elchining aytishicha, Oʻzbekiston prezidenti 2024 yil noyabrʻ oyida boʻlib oʻtgan Falastin masalasiga bagʻishlangan favqulodda arab-islom sammiti oldidan soʻzlagan nutqida Falastin hududlarida harbiy operatsiyalarni toʻxtatish va xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni taʻʻminlash muhimligini taʻʻkidlab, Toshkent jarohatlangan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini maʻʻlum qilgan.













