AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining dunyoning 80 davlati tomonidan ilgari surilgan Gʻazoda zudlik bilan gumanitar sulh talab qilingan rezolyutsiyasiga veto qoʻydi.
Angliyada asosiy muxolifat etakchisi Keir Starmerga "Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirish uchun yana qancha bola qurbon boʻlishi kerak?" degan savolni bergan ikki shaxs hibsga olindi.
BMT Bosh Assambleyasi Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi 5 ta rezolyutsiyani qabul qildi. Ular orasida falastinliklarga yordam berish, ishgʻol qilingan hududlarda yahudiy aholi punklari bilan bogʻliq rezolyutsiyalar bor.
Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida toʻqqiz haftadan buyon Isroil kuchlari tomonidan juma namozini oʻqishga toʻsqinlik qilinmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishini maʻʻlum qildi.
Gʻazo shimolida Isroil Mudofaa armiyasi bosh shtabining sobiq boshligʻi Gadi Ayzenkotning oʻgʻli serjant Gal Meir Ayzenkot yoʻq qilindi.
Nomaʻʻlum jangarilar Iroq poytaxti Bogʻdod shahri markazidagi qattiq qoʻriqlanadigan “yashil hudud”da joylashgan AQSh elchixonasini raketa bilan oʻqqa tutdi.
Bosqinchi Isroil Gʻazoda tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalarga qarshi olib borayotgan qonli urushidan oʻzi ham katta zarar koʻrmoqda. Ayniqsa, turizm, aviatsiya, mehnat bozori katta zarar koʻrmoqda.
AQSh Senati Ukraina va Isroilga 110 milliard dollarlik moddiy yordam ajratish toʻgʻrisidagi qonunni rad etdi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden hukumatga 1,4 million dollarlik soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlagani bilan bogʻliq toʻqqizta jinoyatda ayblanmoqda.