Suriya-amerikalik ravvin Genri Xamra Damashq okrugidan Xalq majlisiga oʻz nomzodini qoʻydi. Shu tariqa, u 1967 yildan buyon Suriyada parlament saylovida qatnashgan birinchi yahudiy nomzodga aylandi. Agar saylansa Xamra oʻtgan asrning 40-yillaridan beri parlamentdagi ilk yahudiy deputat boʻladi.
Arxeologlar Saudiya Arabistonining Nefud sahrosidagi qoyalarga oʻyib ishlangan hayvon tasvirlarini aniqladi. Bu topilma Arabiston yarim orolining shimolida insoniyat tarixi avval taxmin qilinganidan kamida 2000 yil qadimroq ekanini koʻrsatdi.
Janubiy Afrika Respublikasining Frantsiyadagi elchisi Nkosinati Emmanuel Mthethva bosqinchi isroilga qarshi Xalqaro jinoiy sudga daъvo arizasi kiritgani uchun Tel-Aviv buyurtmasi bilan oʻldirilgani aytilmoqda.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon nikohni bekor qilish boʻyicha davlat boji oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi.
Gʻazodagi vaziyatning halokatli ekanini tilga olgan Putin, "Trampning rejasi "ikki davlat echimi"ga hissa qoʻshsagina, uni qoʻllab-quvvatlashi"ni maъlum qildi.
Tolo News nashrining xabar berishicha, Afgʻonistonda internet toʻliq tiklangan.
Tramp maъmuriyati chegaradan uzoqda joylashgan Rossiya energetika infratuzilmasiga uzoq masofali raketalar bilan zarba berishi uchun Ukrainaga razvedka maъlumotlarini topshirishga rozi boʻldi.
Falastin qarshilik harakati ishgʻol armiyasi tomonidan «Global Sumud»ning toʻxtatilishi va faollarning hibsga olinishini qaroqchilik va terrorizm, deb atadi.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro gumanitar missiya bilan Gʻazoga yoʻl olgan "Global Sumud" flotiliyasidagi ikki kolumbiyalik ayolning hibsga olinishi ortidan mamlakatdan barcha isroillik diplomatlarni chiqarib yubordi.
Birlashgan millatlar tashkiloti oʻz bayonotida "afgʻon hukumatining butun mamlakat boʻylab internetni oʻchirish qarori mintaqadagi gumanitar vaziyatga salbiy taъsir qilgani"ni maъlum qildi.