AQShda Gʻazoda qirgʻin uyushtirayotgan Isroilga harbiy yordam ajratishga qarshi talabalar namoyishlari koʻlami va joʻgʻrofiyasi tobora kengayib bormoqda. Ayni paytda nafaqat AQSh, balki Evropadagi nufuzli universitetlarda ham namoyishlar boʻlib oʻtmoqda. Azon Global vaziyatga qisqacha nazar tashladi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi saylovoldi uchrashuvida mamlakatda yashayotgan 202 million musulmonni yoppasiga “aygʻoqchilar” deb atab, “xalq boyligi”ni ular oʻrtasida taqsimlamaslikka chaqirdi. Muxolifat uni “nafrat qoʻzgʻatish” va saylov qoidalarini buzganlikda aybladi.
2019 yilda Islomni qabul qilgan va yaqinda masjid qurish rejalarini eʻʻlon qilgan koreyalik taniqli estrada qoʻshiqchisi va “yutuber” Daud Kim Incheon shahrida masjid rejasini amalga oshirishda koʻplab toʻsiqlarga duch kelmoqda. Masjid qurilishiga mahalliy aholi qattiq qarshilik koʻrsatmoqda.
Falastinda biz guvoh boʻlayotgan falokatni bitta badbaxt rahbarga yuklab qoʻyish toʻgʻri emas! Xalqim boshiga tushgan bu musibatlarda faqat Isroil bosh vaziri aybdor emas. Bugun Isroil bombalari Gʻazoning har bir burchagini vayron qilayotganiga, vayronalar ostida bolalar halok boʻlayotganiga faqat uni ayblamagan boʻlardim. Men 2013 yilda, Gʻazoda xalqimning qirgʻin qilinayotganini xabarlarda eshitganimda ham faqat uni ayblamadim.
Tobeinlardan Mujohid ibn Jabr rahimahulloh aytadi: "Qalbni inson kaftiga mengzatsa boʻladi; kishi bir gunoh qilsa qalbidan bir barmoq bukiladi, yana bir gunoh qilsa yana biri hatto, hamma barmogʻi bukilgach, mushtdek qotadi-da, keyin unga muhr uriladi..."
AQShning etakchi universitetlarida Falastinni qoʻllab-quvvatlash va Isroilga harbiy yordamga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Talabalar noroziligi sababli Kolumbiya universiteti masofaviy taʻʻlimga oʻtdi, Harvard xodimlar va talabalardan boshqalarga eshiklarini yopdi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 200 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra, “Krokus Siti Xoll”dagi fojiadan soʻng rossiyaliklarning 55-60 foizi mehnat muhojirlariga nisbatan “aniq salbiy” fikrga kelgan. Sakkiz oy muqaddat bu koʻrsatkich 40 foizni tashkil etgandi.
Arkanzas va Bukingem universitetlari olimlari oʻtkazgan tadqiqotlarda xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekani aniqlandi. Olimlarning fikricha, jamiyatda diniy maktabning mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday maktablar oʻquvchilari siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning huquqlari va fikrlarini xurmat qilishga shayligi, siyosiy, ijtimoiy va xayriya ishlarida faolligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turishi maʻʻlum boʻldi.
Mashhur islom olimi Abdulmajid az-Zindoniy 82 yoshida vafot etdi. U afgʻon musulmonlarining Sobiq Ittifoqqa qarshi kurashi qatnashchisi, OITSga qarshi kurash vositasini kashf etgan tibbiyot olimi sifatida ham dunyoga mashhur.