Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 230 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
The New York Times oʻtkazgan tekshiruvlarda afgʻon generali Abdul Roziq AQSh bergan cheksiz vakolatlardan foydalangan holda minglab mahalliy aholi vakillarini oʻgʻirlagani, qiynagani va sudsiz qatl qilgani maʻʻlum boʻldi. Nashrning yozishicha, u Qandahor viloyati politsiyasiga rahbarlik qilgan davrda “Amerika mahluqi” laqabini olgan.
Bugun, 23 may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarimizning dastlabki guruhi qalbda quvonch, tilda shukronalik bilan muqaddas zamin tomon yoʻlga chiqishdi.
Islom dinini qabul qilgan taniqli koreyalik estrada xonandasi va Youtuber Daud Kim 2019 yilda islomofob mahalliy aholining qarshiliklariga qaramay, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida masjidni tezda qurishga muvaffaq boʻldi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 229 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Norvegiya ortidan darhol Irlandiya ham Falastin davlatini rasman tan olganini eʻʻlon qildi. Ular ortidan Ispaniya bormoqda – bu haqdagi qarori 28 maydan kuchga kiradi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Norvegiya Falastin davlatini tan olganini eʻʻlon qildi. Irlandiya va Ispaniya bugun, 22 may kuni Falastinni tan oluvchi davlatlar qatoriga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini maʻʻlum qilishdi. Hozirgacha Evropa Ittifoqining 9 davlati Falastinni tan olgan.
Isroil boʻylab 1300 olim "urushni davom ettirishning foydalari aniq emas" deb bayonot tarqatgan. Taʻʻkidlanishicha, oʻz-oʻzini himoya qilish huquqi haqiqiy boʻlmagan maqsad yoki etakchilarning siyosiy omon qolishi uchun urushni davom ettirish huquqini bermaydi.
Port anklavga insonparvarlik yordamini koʻpaytirish va Falastin xalqining muhim ehtiyojlarini qondirish uchun vaqtinchalik echimdir, deydi AQSh Markaziy qoʻmondonligi. Taʻʻkidlanishicha, port Gʻazoga etkaziladigan yordam hajmini oshiradi. Kuniga 150 yuk mashinasigacha gumanitar yordam va ikki million ovqat etkazib berilishi mumkin, bu esa hududning 2,3 million aholisini oziqlantirish uchun etadi.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hayotdan koʻz yumgan vertolyot halokati koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda. Hodisa qanday va nima sababdan sodir boʻlgani haqida hozircha rasmiy bayonot berilgani yoʻq. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, parvoz protokollariga toʻliq amal qilinmagan.