AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya Eron poytaxtida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi munosabati bilan Rossiya tomonidan tayyorlangan BMT Xavfsizlik kengashi bayonoti loyihasini blokladi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 300 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Yaponiyaning Nagasaki shahri maʻʻmuriyati shaharga AQSh qoʻshinlari atom bombasini tashlaganini xotirlash marosimiga Isroilni taklif qilmadi. 9 avgust kuni ushbu sanaga 79 yil toʻladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi munosabati bilan chorshanba kuni favqulodda yigʻilish oʻtkazadi.
Tarmoqlarda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya halok boʻlgani aytilayotgan bino tasvirlari paydo boʻldi. Tasvirlarda binoning faqat Haniya va tansoqchisi boʻlgan qismi zararlanganini koʻrish mumkin. Ushbu tasvirlar haqiqat boʻlsa, maʻʻlumot ichki razvedka tomonidan Isroilga taqdim etilganidan darak beradi.
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Eron poytaxti Tehronda oʻldirilganidan soʻng uning oʻrniga kim harakat rahbarligini egallaydi, degan savollar paydo boʻldi. Ekspertlar uch kishining nomzodini tilga olishmoqda.
Britaniyaning Sautport shahrida dushanba kuni raqs darsida nomaʻʻlum shaxs bolalarga hujum qildi, ulardan uch nafari halok boʻldi, bir qanchasi yaralandi. Hujumchining Ugandadagi genotsiddan qochib, Britaniyada panoh topgan oilaning 17 yoshli oʻgʻli amalga oshirgani aytilmoqda. Hodisadan soʻng shaharda tartibsizliklar roʻy berdi, yuzlab oʻta oʻng ekstremistlar Islam Society masjidiga hujum uyushtirdi.
Livan matbuotining yozishicha, Isroil HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani oʻldirishda uchinchi davlat yordamidan foydalanganini yozmoqda. Maʻʻlumotlarga koʻra, uchinchi davlat hududidan boshqariluvchi snaryad uchirilgan.
HAMAS etakchisining Isroil tomonidan oʻldirilishi dunyo kun tartibini oʻzgartirib yubordi. Etakchi mamlakatlar rahbarlari, tashqi siyosat idoralari va tashkilotlar oʻz munosabatini bildirmoqda.
Britaniya hukumati afgʻon qochqinlarini mamlakat hududidagi oilalari bilan birlashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining Afgʻonistonliklarni qayta joylashtirish dasturi muddatini uzaytirmoqchi. Hozirgacha ushbu dastur boʻyicha Britaniyaga 6500 ga yaqin afgʻon kelgan, ular orasida ayollar huquqlari faollari, jurnalistlar va prokurorlar bor.