AQSh Isroilga Amerika qurol-yarogʻi va harbiy texnikasini sotib olishi uchun 3,5 milliard dollar ajratadi va bu mablagʻni oldindan kelishilgan qoʻshimcha harbiy yordam paketidan taqdim etadi.
Ukrain qoʻshinlari Kursk viloyatida Rossiya harbiylari karvoniga hujum qildi. Eng kamida 15 ta harbiy texnika yoʻq qilingan, yuzlab qurbonlar boʻlishi mumkin.
Britaniyada 30 iyuldan buyon musulmonlar va muhojirlarga qarshi davom etib kelayotgan namoyishlar etakchisi Tommi Robinson AQShning sionistik tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladi.
Isroil armiyasining Gʻazo shahridagi koʻchirilganlar boshpana topgan maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 100 nafar falastinlik halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi.
Bugun, 9 avgust kuni Ostona shahrida Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Qozogʻiston rahbari mintaqa yaqinida murakkab harbiy-siyosiy vaziyat mavjudligini aytib, mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasida birgalikda harakat qilish, mintaqa davlatlari oʻrtasida siyosiy muloqot va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʻʻkidlagan.
Soʻnggi uch kun ichida Sudanning Nil daryosi viloyatida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida 34 kishi halok boʻldi, yana 588 kishi jarohatlandi. Iyunʻ oyidan buyon davom etayotgan toshqinlarda jami 77 kishi hayotdan koʻz yumdi. Minglab insonlar boshpanasidan ayrildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 308 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
2024 yil birinchi yarmida Tojikistonning 17,1 ming fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborilgan. Tojikiston IIV esa Rossiyadan deportatsiya qilingan fuqarolar orasida terroristik yoki ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarga aloqador shaxslarni topmadi.
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 20 ta aholi maskanini egallab, xandaq qazishni boshladi, Lipetsk viloyatida dron hujumidan keyin 4 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi, Qrimda mehmonxonalar yopildi.
Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatida uch kundan buyon janglar davom etmoqda. Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) oʻz hisobotida yozishicha, turli manbalarga koʻra, Ukraina qoʻshinlari allaqachon Kursk viloyatida Rossiya ichkarisiga qarab 10 kilometr siljigan boʻlishi mumkin.