Falastin rahbari Mahmud Abbos Rossiyaga tashrif buyurib, RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Vladimir Putin uchrashuv chogʻida mintaqada uzoq muddatli, ishonchli, barqaror tinchlikni taʻʻminlash uchun BMTning barcha qarorlarini amalga oshirish va birinchi navbatda, toʻlaqonli Falastin davlatini yaratish zarurligini taʻʻkidladi. Oʻz navbatida, Mahmud Abbos Rossiya har doim qonun tarafida, haqiqat tarafida ekanligini va “Falastin xalqining eng aziz doʻstlaridan biri” ekanini aytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyati hududidagi operatsiyasi davom etayotgani, 6 avgustdan buyon RF hududidagi 74 ta aholi manzilini oʻz nazoratiga olganini maʻʻlum qildi. Ukrain armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Ukraina qurolli kuchlari turli yoʻnalishlarda 1 kilometrdan 3 kilometrgacha oldinga siljigan.
Bugun dunyoning turli burchaklarida fitnalar, axborot urushlari avj olmoqda. Bunday murakkab sharoitda eng toʻgʻri yoʻl – axborotlarga nisbatan tanqidiy yondashish, maʻʻlumot manbalarini oʻrganish, bir gap bilan aytganda, axborot savodxonligiga erishishdir. Muqaddas dinimiz Islom avvalboshdan – hadis va oyatlar orqali dezinformatsiyaga qarshi kurashga oʻrgatgan. Biroq bu boradagi bilimlar bugunchalik dolzarb ahamiyat kasb etmagan.
Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina va 6 nafar sobiq amaldorlarga nisbatan namoyishlar vaqtida Dakkada oziq-ovqat doʻkoni egasining oʻlimida ayblanib jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Mamlakatda Hasina maʻʻmuriyatining davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi namoyishlarda 600 ga yaqin fuqaro halok boʻlgan.
Pokiston harbiylari Afgʻonistonning chegaradon Torxam shahrini minomyotlar bilan oʻqqa tutdi. Natijada ona va uning bolasi halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Hujumga javoban “Tolibon” ham Pokistonning chegaradagi postlarini bombardimon qildi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 312 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Mʻyanma gʻarbidagi Rahin shtatida harbiylar va isyonchi Arakan armiyasi oʻrtasida avj olayotgan toʻqnashuvlarda mahalliy rohinja musulmonlari qurbon boʻlmoqda. Ularning bir qismi, jumladan, oskolʻka va oʻq jarohatini olgan yaradorlar qoʻshni Bangladeshga qochib oʻtdi.
AQSh Okean va Atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) dushanba kuni eʻʻlon qilgan hisobotga koʻra, iyulʻ oyi rekord darajadagi eng issiq boʻldi. Shuningdek, global harorat ketma-ket 14-oydirki rekord darajadagi koʻrsatkichlarni qayd etmoqda.
Ukraina armiyasi bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ilk bor ukrain qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyotiga izoh berdi. “Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining 1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”, - dedi u.
Turkiyaning Eskishehir shahrida fashistlarning ramzini taqib olgan niqobli yigit masjid hovlisidagi odamlarga boltacha va pichoq bilan hujum qildi. Hodisada 7 kishi jarohatlandi. Hujumchi politsiya tomonidan qoʻlga olindi.