Volgodraddagi 19-sonli jazoni ijro etish muassasasida toʻrt nafar IShID tarafdori boʻlgan mahbus gʻalayon koʻtarib, bir qancha soqchilarni oʻldirdi, ayrimlarini asirga oldi. Mahbuslarning ikki nafari oʻzbekistonlik, ikki nafari tojikistonlik. Yarim soatlik shturm davomida asirlar ozod qilindi, bir isyonchi oʻldirildi, ikki nafari yarador boʻldi.
Hindistonning toʻgʻonni ochib yuborishi Bangladeshda katta hududlarni suv bosishiga sabab boʻlib, gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi. Bunga qoʻshni mamlakatda yaqinda hindularga hujum qilinganiga javob sifatida yoʻl qoʻyilgani sabab ekani aytilmoqda. Umuman, kuchli yogʻingarchiliklar va suv toshqinlaridan Bangladeshda 4,5 million kishi jabrlandi, oxirgi uch kun ichida 13 kishi halok boʻldi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 322 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari ilk bor Murmansk viloyatiga hujum qildi. Chegaradan uchoq urib tushirilgan joygacha masofa rekord darajadagi 1850 km ni tashkil etadi. Ushbu hujum RF havo hujumidan mudofaa kuchlarining zaifligi natijasi sifatida baholandi.
Afgʻoniston Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi oʻtgan yildagi faoliyati, jumladan, ayollar savdosi va musiqaga qarshi kurash natijalari haqida hisobott berdi. Jumladan, ayollar savdosi bilan bogʻliq 205 ta jinoyatning oldi olingan, 25 ta vino zavodi yopilgan, 21 mingdan ortiq musiqa asbobi yoʻq qilingan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 321 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi pirovardida Ukrainaning magʻlubiyatini tezlashtirishi va Rossiya foydasiga tinchlik muzokaralariga olib kelishi mumkin, deb yozadi Germaniyaning Die Welt gazetasi. Nashr Ukrainaning Rossiyaga hujumi katta yoʻqotishlarga olib kelishi mumkinligining toʻrtta sababini keltirdi.
Isroilga energiya tashuvchilarini etkazib berayotgan kompaniya va davlatlar Gʻazodagi harbiy jinoyatlarga sherik sifatida ayblanishi mumkin. Ular orasida Qozogʻiston, Ozarbayjon, Albaniya va boshqa mamlakatlar bor.
Rossiya ukrain qoʻporuvchilik-razvedka guruhi Bryansk viloyatining Klimovskiy tumani hududiga bostirib kirmoqchi boʻlganini maʻʻlum qildi. Ushbu urinish Rossiya FSB va Qurolli Kuchlari tomonidan bartaraf etilgan.
AQShning Suriyada nima ishi bor? 24 ta harbiy baza, oʻn minglab xarbiylar faqat Suriyaning neftʻ va gaziga ega chiqish uchunmi? Ehtimol, mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish, Isroilni Eron hujumlaridan himoyalash, Rossiya va Xitoy taʻʻsirini kamaytirish ham strategik maqsadlaridandir? Xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert Muhammad Nodir al-Umarining maqolasi shu haqda.