Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 349 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQShlik geosiyosat boʻyicha ekspert, isteʻʻfodagi podpolkovnik Rich Outzen Livandagi peyjer va ratsiyalarning portlashi XXI asrda koʻlami boʻyicha barcha eʻʻtiborga olishi kerak boʻlgan yangi turdagi tahdid ekanini taʻʻkidladi. Outzen Isroil razvedkasi “Hizbulloh” bergan buyurtmalarni aniqlab, ishlab chiqarish markazi yoki buyurtma yoʻlda vaqtida uskunalarga portlovchi moddalar joylashtirganini taxmin qildi.
Eron 2025 yilning martiga qadar 2 million noqonuniy muhojirni, ularning qariyb barchasi afgʻonlar, mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, Eronda 5 millionga yaqin afgʻon boʻlib, ularning koʻpchiligi noqonuniy muhojirlardir. Oʻz navbatida, “Tolibon” deportatsiya qilingan vatandoshlarni uy-joy va ish oʻrinlari bilan taʻʻminlash masalasini koʻrib chiqmoqda.
Livandagi yangi portlashlar oqibatida kamida 9 kishi halok boʻldi, yana 300 kishi yaralandi. Bu safar radiolar, telefonlar, barmoq izlari qurilmalari, shuningdek, quyosh batareyalari va litiy-ionli batareyalardan quvvat oladigan qurilmalar portlagan.
The Guardian nashrining yozishicha, “bugun gʻarbliklar falastinliklarning misli koʻrilmagan chidamliligi, eʻʻtiqodi, axloqiy kuchi va xarakterini tushunish uchun Qurʻʻon oʻqimoqda”. Shu zaylda, minglab odamlar oʻzlari kashf etayotgan haqiqatni anglab, Qurʻʻonning oʻzgartiruvchi taʻʻsirini oʻz tanalarida his qilishmoqda. Bu koʻplarni Islomni qabul qilishga, boshqalarni esa unga yangi nuqtai nazar bilan qarashga undayapti.
Yuz berayotgan voqealarni tahlil qilsak, koʻpchilik musulmonlar tomonidan sodir etilgan barcha terroristik hujumlarda Gʻarbning tashqi siyosati qolib, nuqul Islom dinini ayblayotganiga guvoh boʻlamiz. Boisi Gʻarbning tashqi siyosatini tahlil qilish va uning terrorizm bilan aloqadorligini oʻrganish, sodir etilgan hujumlarda Islomni ayblashga nisbatan qiyinroq.
Afgʻonistonning Ummondagi elchixonasi qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. Qayd etilishicha, elchixona faoliyati "Tolibon" tayinlagan diplomatlar tomonidan yuritilmoqda. Hozirda dunyoning 39 ta davlatida afgʻon diplomatik vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 348 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Livanda “Hizbulloh” harakati aʻʻzolari foydalangan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi. Portlashlar natijasida jami 9 kishi, jumladan bir bola halok boʻldi, 2800 kishi jarohatlandi, ulardan 200 nafarining ahvoli ogʻir. Tafsilotlar