Bugun Isroilning Livan janubiga bergan zarbalari oqibatida 150 dan ortiq kishi halok boʻldi, yuzlab insonlar jarohatlandi va bedarak yoʻqoldi. "Livanda biz zarba bergan har bir uyda isroilliklarni oʻldirishga tayyorlab qoʻyilgan qurollar, raketa va snaryadlar bor edi", deya iddao qildi isroil armiyasi matbuot kotibi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 353 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama poytaxt Tirana shahrida diniy bagʻrikenglik ramzi boʻlib xizmat qiladigan “Mustaqil Bektoshiylar tariqati davlati”ni yaratish niyatini tasdiqladi.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida keksa fuqarolar – 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun bepul arab tili kurslari tashkil etilmoqda. Mashgʻulotlar arab tilida soʻzlashuvchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ushbu kurslarning ochilishi aholi oʻrtasida arab tiliga boʻlgan qiziqish yuqoriligi bilan izohlandi.
Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Jozef Borrelʻ EI davlatlari Ukrainaga vaʻʻda qilingan 1 million dona snaryadni etkazib berolmasligini tan oldi. Uning taʻʻkidlashicha, Evroittifoq oʻq-dorilar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan, ammo ular armiyamiz zaxirasini toʻldirishga hali etmaydi.
Eronning Janubiy Xuroson viloyatida koʻmir konida metan gazi sizib chiqishi oqibatida portlash sodir boʻldi. Hodisada halok boʻlganlar soni 52 nafarga etdi, 20 kishi jarohatlandi. Viloyatda 3 kunlik motam eʻʻlon qilindi.
Bangladesh muvaqqat hukumati armiya zobitlariga keyingi 60 kun davomida butun mamlakat boʻylab maxsus sud qilish huquqini (yurisdiktsiya) berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu vakolatlar armiyaga politsiya tuzilmasi hali oʻz vazifalarini toʻliq bajarmayotgani, shuningdek, ahyon-ahyonda sodir boʻlayotgangan qoʻporuvchilik harakatlari munosabati bilan berilgani taʻʻkidlandi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 350 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Tolibon 22-24-oktyabrʻ kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtadigan BRIKS sammitida ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Sanoat vaziri Nuriddin Aziziy oʻz maktubida “Afgʻonistonning BRIKS sammitidagi ishtiroki nafaqat afgʻonlar, balki mintaqadagi barcha davlatlarning rivojlanishi uchun muhim", deb yozdi..
“Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi Isroilning mavqeiga jiddiy taʻʻsir qildi. 2023 yil 7 oktyabrʻ tongida Isroil xavfsizlik xizmati odamlar ongiga singdirilganidek benuqson ishlamasligi ayon boʻldi. Beqaror vaziyat tufayli koʻpgina kompaniyalar oʻz kapitallarini mamlakatdan olib chiqib ketish payiga tushib qolishdi.